Ishlab chiqarish xoʻjaligiga oʻtish va xoʻjalik boshqaruvining tashkil topishi mundarija: kirish



Yüklə 326 Kb.
səhifə10/17
tarix09.06.2023
ölçüsü326 Kb.
#127415
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Копия Ishlab chiqaris KURS ISHI

Chorbaqti vohasi yodgorliklari (Chorbaqti-15A, 29, 33A, 35, 45, 47, 51, 55 va boshq.).Chorbaqti vohasi Daryosoy va Moxandaryo oralig‘ida joylashgan Zarafshon qadimiy o‘zani bo‘lib, 1978 yilgi kompleks tadqiqotlar asosida aniqlangan. 1984 yili 60 dan ortiq mezolit-neolit davri makonlari topilib, tadqiq etilgan. Yodgorliklarning asosiy qismi neolit davriga mansub bo‘lib, madaniy qatlamlari saqlanmagan, joylanishi esa mayda ko‘llar (cho‘kmalar) qirg‘oqlari bilan bog‘liq ekan. Bu makonlar o‘z moddiy madaniyatlari bilan Kaltaminor jamoalariga taalluqli ekanligi tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldi19.
Oyoqagitma makoni. Quyi Zarafshon qadimgi shimoliy o‘zani tarkibiy qismi hisoblanuvchi Oyoqagitma havzasi sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, 1995 yili O‘zbek-Polsha xalqaro qo‘shma ekspeditsiyasi tomonidan ochilgan. Makon uchta madaniy qatlamdan iborat. Ulardan besh mingdan ortiq ashyoviy dalillar, shuningdek, o‘choq qoldiqlari topilgan. Bu yodgorlik ham o‘z moddiy madaniyati jihatidan Kaltaminor jamoalari madaniyatiga mansub20. Shuningdek, Qizilqum hududida qimmatbaho toshlar (feruza)dan taqinchoqlar yasalgan ustaxonalar borligi ham tadqiqotlar jarayonida aniqlangan. Xullas, arxeologik tadqiqotlar asosida Quyi Zarafshon vohasi neolit yodgorliklarini xronologik jihatdan quyidagi uch bosqichga bo‘lish mumkin: 1. Ilk bosqich:Uchashi-131 hamda Daryosoy va G‘arbiy Oyoqagitma atrofidagi bir qator yodgorliklari (mil. av. VII-VI-V mingyillikning 1-yarmi); 2. O‘rta bosqich:Dorbazaqir 1,2; Moxandaryo hamda Chorbaqti vohasi yodgorliklari (mil. av. V mingyillik oxiri-IV mingyillik); 3. So‘nggi bosqich:Sharqiy Oyoqagitma hamda Mohandaryo atrofidagi bir qator yodgorliklar (mil. av. IV minginchi yil oxiri - III mingyillik).
A.V.Vinogradov Kaltaminor yodgorliklari moddiy madaniyatini atroflicha o‘rganib, bu madaniyatni xronologik jihatdan quyidagi 3 ta taraqqiyot bosqichiga bo‘ldi: 1. Daryosoy bosqichi – ilk neolit (Uchashi-131, 29, 84, 85, 159, Xo‘jagumbaz-5, Oyoqagitma 322, Qaraqata 23): mil. av. VII asr oxiri‑V ming yillik o‘rtalari; 2. Jonbos bosqichi – rivojlangan neolit (Jonbos-4, Tolstov makoni, Lavlakan-26, Dorbazaqir-1,2, Oyoqagitma yodgorliklari): mil. av. V mingyillik oxiri‑IV mingyillik o‘rtalari; 3. So‘nggi neolit bosqichi: (Sharqiy Oyoqagitma, Moxandaryo yodgorliklari):mil. av. IV mingyillik oxiri‑3 mingyillik.
Yuqorida zikr etilgan tadqiqotlar asosida topilgan arxeologik ashyoviy dalillar Kaltaminor jamoalari moddiy madaniyatining asosiy xususiyatlarini belgilaydi. Xususan, Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari tosh industriyasi aslida paraqali industriyadir. Paraqali qismida geometrik shakldagi (trapesiya, parallelogramma, uchburchak, segment) qurollar salmog‘i ham sezilarli taqdim etilgan. Shuningdek, qadama qurollar, qirg‘ichlar, teshgichlar, sanchqilar, o‘q-yoy paykonlari, suyak qurollar ham moddiy madaniyatni belgilashda muhim omillardandir. Kaltaminorliklar sopol buyumlari masalasiga kelganimizda(barcha sopol buyumlar qo‘lda yasalgan va bunda mahalliy tuproqlardan foydalanilgan), yuqorida Uchashi-131 sopollari joytunliklar sopollari bilan bir qatorda, O‘rta Osiyo miqyosida eng dastlabki sopollar bo‘lganligi borasida so‘z borgan edi. Kaltaminorliklarning keyingi taraqqiyot bosqichlari sopol buyumlari joytunliklar sopolidan farqli o‘laroq naqshlar chizilmasdan, balki kesma yoki muhr urishdek uslubda har xil geometrik shaklda amalga oshirilgan. Bu naqshlar sopol pishirilgunga qadar yumshoq loyga botirib tushirilgan. Idishlarning tag qismi tuxumsimon yoki yassi shaklda bo‘lgan.
Kaltaminor madaniyati tadqiqotlari jarayonida neolit davri jamoalari uy-joylari haqida ham qimmatli ma’lumotlar olingan (Jonbos-4, Tolstov, Uchashi-131, Dorbazaqir-lva 2, Lavlakan-26). Ularning turar joylari yer yuzida chayla holatida, to‘g‘ri burchakli yoki suyri shaklda sinchli, cho‘pkori asosda qurilgan. Turar joylar ustiga qalin to‘r tarzida xodalar tashlanib, qamish yoki hayvon terilari bilan yopilgan. Bu uylar ona urug‘i jamoalari umum uylaridir. Odatda, yon devorlar bo‘ylab bir tartibda qator kichik o‘choqlar bo‘lgan, bu o‘z davriga xos juft oilalar o‘choqlari hisoblangan. O‘choqlar asosan chaylalarning ichida emas, tashqarisida bo‘lgan. Sopoldan yasalgan ayollar haykalchalari topilishi ham o‘z davriga xos diniy topinishlarni bildiradi. Bu ma’lumotlarning barchasi Kaltaminor jamoalari urug‘chilik tuzumi ijtimoiy xususiyatlarini, shuningdek, ma’naviy dunyosini bilib olishimizda muhimdir. Xususan, Kaltaminor jamoalarining dafn marosimlari bilan bog‘liq bo‘lgan qabrlar topib o‘rganilishi juda qiziqarlidir (Tumek, Kichikjik, Tolstov va Kaskajal (janubi-g‘arbiy Ustyurt) kabi yodgorliklar)21.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, qabrga jasadlar yelkasi bilan uzalasiga yotqizilgan holda, bosh qismi esa shimoli-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha qo‘yilib, turli chig‘anoqlar va suyakdan yasalgan bezaklar bilan bezab tikilgan kiyimlarda dafn etilgan. Qabrlardagi jasad atrofi tuproqlarida angob (oxra) qoldiqlari uchraydi. Qabrlar bir kishini dafn etishga mo‘ljallangan. Bir kishilik mezolit-neolit qabrlari O‘rta Osiyoning boshqa hududlarida, jumladan, Ustyurt, Sharqiy Kaspiybo‘yi, Janubi-g‘arbiy Turkmaniston, Tojikiston hududlarida ham o‘rganilgan22. Shubhasiz, bu ma’lumotlar neolit jamoalari ma’naviy madaniyatini ifodalaydi.
Kaltaminor jamoalari tirikchilik asoslari o‘zlashtirma xo‘jalik, ya’ni termachilik, ovchilik, baliqchilikdan iborat bo‘lgan.
Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalari qo‘shni mintaqalardagi o‘ziga tengdosh madaniyatli jamoalar bilan yaqindan o‘zaro madaniy aloqadorlikda bo‘lganliklari tadqiqotlar jarayonida aniqlangan. Bu aloqadorliklar ularning moddiy madaniyati, xususan, mehnat qurollari, sopol buyumlari, turar joylari, dafn marosimlari, xo‘jalik asoslari, ijtimoiy tuzumi kabi jihatlarda namoyon bo‘ladi. Jumladan, S.P.Tolstov va A.V.Vinogradov o‘z tadqiqotlarida mikrolit qurollarga ishlov berish uslublari, sopol buyum shakl va naqshlari (geometrik, to‘lqinsimon)ni asos qilib olgan holda, qo‘shni Sharqiy Kaspiybo‘yi (Jabal, Dam-dam-chashma 1,2, Qaylu), Janubiy Turkmaniston Kopettog‘ etagi Joytun madaniyati, shuningdek, Old Osiyo, Eron, Iroq (Mercharx, Zarzi, Jarmo) hududlari jamoalari bilan madaniy aloqada bo‘lganliklarini keltirganlar23.
So‘nggi tadqiqotlar asosida O‘rta Zarafshon vohasi Sazag‘on neolit madaniyati va Janubi-g‘arbiy Qizilqum Kaltaminor jamoalari madaniyatining o‘zaro madaniy aloqalari borasida ham qimmatli ma’lumotlar to‘plangan24. Kaltaminor madaniyatining kelib chiqishi masalasiga to‘xtalganimizda, dastavval Joytun, Kaltaminor va Jabal turidagi Kaspiybo‘yi neoliti madaniyatlari ildizi yagona bo‘lib, bu jarayonda Yaqin Sharq jamoalari muhim rol o‘ynaganligi haqidagi ilmiy fikrga duch kelamiz25. To‘g‘ri, A.V.Vinogradov Kaspiybo‘yi mezolitining Kaltaminor madaniyati shakllanishidagi o‘rnini inkor etmagan holda, bu yetarli manba bo‘la olmasligini ta’kidlagan. Fikrimizcha, Kaltaminor madaniyati shakllanishida Yaqin Sharq madaniyatlarining sezilarli ta’siri bor, lekin Sharqiy Kaspiybo‘yi so‘nggi paleolit, mezolit yodgorliklari, qolaversa, so‘nggi tadqiqotlar asosida Zarafshon vohasida, xususan, Qizilqumda topilgan qator paleolit va mezolit yodgorliklari singari mahalliy madaniyat ildizlarini ham unutmaslik lozim26.

Yüklə 326 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin