Ishlab chiqarish xoʻjaligiga oʻtish va xoʻjalik boshqaruvining tashkil topishi mundarija: kirish



Yüklə 326 Kb.
səhifə3/17
tarix09.06.2023
ölçüsü326 Kb.
#127415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Копия Ishlab chiqaris KURS ISHI

Kurs ishi mavzusining vazifalari: So‘nggi yillar tarixshunosligida O‘zbekiston tarixidagi qadimgi davlatlar rivojlanishining davrlashtirilishi ishlab chiqildi (E.V.Rtveladze). Ushbu davrlashtirish tarixiy hamda arxeologik tadqiqotlar natijalariga asoslangan bo‘lib, mil.avv.II ming yillikning ikkinchi yarmidan milodiy III–IV asrlargacha bo‘lgan quyidagi 6 ta davrga ajratiladi.
Birinchi davr–mil.avv.II ming yillikning ikkinchi yarmi. Bu davrda Shimoliy Baqtriya (Surxon vohasi)da davlatchilikning ilk ko‘rinishi shakllanib, uning tepasida balki oqsoqollar kengashi va saylanadigan hukmdor turgan bo‘lishi mumkin. Bunday ko‘rinishdagi ilk davlatlar bu davrda Baqtriya hududlarida shakllangan nisbatan yirik uyushmalar tarkibiga kirgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Nisbatan taraqqiy etgan iqtisod, jumladan, sug‘orma dehqonchilik, sopol va metall hunarmandchiligi, ichki va tashqi savdo munosabatlari bunday uyushmalarning davlatchilik xususiyatidan dalolat beradi. Ammo, davlatchilikning muhim belgisi hisoblangan yozuvning bu hududlarda mavjudligi hozirga to‘la isbotlanmagan.
Ikkinchi davr – mil.avv. I ming yillik boshlari– mil.avv. 540 y. Bu borada Baqtriya, Sug‘d va Xorazm kabi tarixiy–madaniy viloyatlar shakllanadi. “Avesto” ma’lumotlariga tayanib, tadqiqotchilar ularni ijtimoiy toifalar tizimiga asoslangan siyosiy hokimiyat ko‘rinishidagi davlatlarning ilk shakli sifatida izohlaydilar. Bu davrda nisbatan hududiy yirik mulklar–qadimgi Baqtriya va qadimgi Sug‘d davlatlari, shuningdek, shimolda sak–massagetlarning qabilalar konfederatsiyalari tashkil topgan.
Uchinchi davr – mil.avv.540–330 yillar. Ahamoniylar bosqini tufayli O‘rta Osiyo viloyatlarining ular qadimgi Fors davlati tarkibida kirishi natijasida mahalliy davlatchilik taraqqiyotidagi uzilish davri. Ulkan Ahomoniylar saltanati satrapiyalarga bo‘linib boshqarilgan hamda uchta O‘rta Osiyo satrapiyalari – Baqtriya, Sug‘d, Xorazm to‘laligicha yoki qisman hozirgi O‘zbekiston hududlarida joylashgan. Satrapiyalar tarkibiga kirgan viloyatlarning hukmdorlari, Baqtriya va Sug‘d zodagonlari Oksiart, Xorien, Sisimitr, Katan, Avstan─Nautaka, Ksenippa, Paretaka kabi o‘zlarining merosiy mulklarini ma’lum ma’noda mustaqil boshqarganlar. Sak qabilalarining ahamoniylarga qarshi uzoq kurashlari natijasida mil.avv.IV asrning boshlariga kelib Xorazmda mustaqil davlat tashkil topadi.
To‘rtinchi davr –mil.avv. IV asrning oxiri – II asr ikkinchi yarmining boshi. Makedoniyalik Aleksandr yurishlaridan so‘ng Salavkiylar davlati davri va Yunon–Baqriya davlatining inqirozigacha bo‘lgan, o‘z xususiyati va shakliga ko‘ra ikki xil–Shimoliy Baqtriya va qisman So‘g‘dda ellinistik, qolgan hududlarda esa, xususan Xorazmda mahalliy davlatchilik an’analari rivojlanadi, O‘rta Sirdaryo havzasida Qang‘ va Farg‘ona vodiysida Davan davlati vujudga keladi. Bu davrda paydo bo‘lgan Salavkiylar va Yunon–Baqtriya davlatlarida davlatchilikning ellinistik siyosiy mezonlari o‘rnatilgan tarzda, ayrim yirik shaharlarda polis boshqaruvi mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkin. O‘rta Osiyo Ikkidaryo oralig‘ining shimoliy va sharqiy qismida – Xorazm, Sug‘d va Farg‘onada mahalliy davlatchilik tizimining rivojlanishi bo‘lib, tadqiqotchilar bu jarayon bosqichini shartli ravishda “xorazm–qang‘”, deb ataydilar.
Mil.avv. IV asrda Xorazm ahamoniylardan mustaqil bo‘lgan bo‘lsa, mil.avv. III–II asr bo‘sag‘asida Sug‘dda Antiox I va Yevtidem tangalariga taqlidan tangalar zarb etgan alohida mulklar shakllanadi. Shu davrda markaziy va shimoliy hududlarda Qang‘ davlati konfederatsiyasining ham shakllanish jarayoni bo‘lib o‘tadi.
Beshinchi davr – mil.avv. II asrning ikkinchi yarmi – milodiy birinchi asr boshlari. Ko‘chmanchi qabilalar hujumi natijasida O‘rta Osiyo Ikkidaryo oralig‘ining barcha hududlarida davlatchilik mavjud bo‘lib, ko‘chmanchi davlatchilik an’analari mahalliy davlatchilik an’analari bilan aralashib ketadi. Bu hududlarga kirib kelgan yuechji–toxarlar Sug‘d va Shimoliy Baqtriyaga hududlariga joylashib, beshta mulkdan iborat mustaqil davlat konfederatsiyasini tashkil etadilar.
Bu davrda Qang‘ davlati konfederatsiyasiga Sug‘d va Choch mulklari ham kiradi. Bu mulklar avval yunon–baqtriya tangalariga taqlid qilib tanga zarb etgan bo‘lsalar, keyinroq, mustaqil tanganlar zarb etadilar.
Bu davrdagi barqaror davlatchilikning muhim belgilaridan biri – oromiy alifbosi asosidagi yozuvning keng yoyilishi hisoblanadi.
Oltinchi davr – milodiy I asr boshi – III asr o‘rtalari. Bu davrdagi eng muhim voqealardan biri – qudratli Kushon davlatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi hisoblanadi. O‘zbekistonning janubi Kushon davlatning bir qismi edi. Aynan shu davrda Surxon vohasida shaharlarning gullab–yashnashi, aholi manzilgohlarining ko‘payishi, madaniy hayot, iqtisod, savdo–sotiqning taraqqiyoti kuzatiladi.

Yüklə 326 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin