Mavzuning dolzarbligi: Ilk davlatlarning ishlab chiqarish faoliyatida dastlab ozod jamoa a’zolarining mehnati muhim o‘rin tutadi. Aholi sonining o‘sishi hamda yangi aholi joylasha oladigan hududlarga, bo‘z yerlar va chorva uchun yaylov, ma’danlarga boy manbalarga ega bo‘lish ehtiyoji katta yo kichik urushlarga sabab bo‘lgan. Doimiy harbiy to‘qnashuvlar sharoitida ba’zi bir davlatlar tor–mor etilib, ba’zi birlari esa kuchayib borgan. Sanoqsiz asirlar va xonavayron bo‘lgan jamoa a’zolari qullikka mahkum bo‘lganlar. Ularning mehnatidan ishlab chiqarish maqsadlarida keng foydalanilgan. Shu tarzda tarixda Qadimgi Misr, Ossuriyadek o‘rtamiyona hududga ega davlatlardan (o‘rta podsholiklar) keyinchalik yirik, dunyoviy miqyosdagi ahamoniylar saltanatidek davlatlar vujudga kelgan. Arxeologik va yozma manbalarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ilk temir davri Baqtriya va So‘g‘d jamoalaridagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni bir necha kichik oilalardan iborat uy jamoalari (katta oila vakillari) tashkil etgan. Uy–qo‘rg‘onlar joylashuvining tashqi belgilariyoq, uy–jamoalari aftidan ancha yirik hududiy qo‘shni jamoalarni tashkil qilganidan dalolat beradi. Boshqaruv tartibida katta oilalar (uy jamoasi) boshliqlari yoki uy egalari, shuningdek, alohida qishloq qo‘rg‘onlarini boshqaruvchi jamoalar katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Alohida uylar o‘rtasidagi qarindoshchilik munosabatlari kabi belgilar aftidan, ikkinchi darajali bo‘lib borgan. Bu shunda ko‘rinadiki, har bir katta oila mumkin bo‘lgan qarindoshchilik aloqalariga qaramasdan, alohida xususiy mulkka, o‘z uy–joyiga, ishlab chiqarish qurollariga, shuningdek, qishloq xo‘jalik maxsulotlari va chorvalariga ega bo‘lishgan, bir so‘z bilan aytganda, ular o‘zini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan xo‘jalikni aks ettirganlar. Katta oilali jamoalar shakli jamoadagi ishlab chiqarish va xo‘jalik harakertiga bog‘liq bo‘lib, ular jamoatning iqtisodiy jihatdan mustahkamlanishiga olib keldi.
Kurs ishi tadqiqotining maqsadi: Ushbu kurs ishining maqsadi ilk davrlarda urug‘chilik jamoasi rivojlangan bo‘lib, jamoada onalar mavqei ustun bo‘lgan. Xususan, jamoa umumiy mehnati, ishlab chiqarish vositalarining ijtimoiy mulkligi jamoa kundalik turmush tarzining asosiy mezoni hisoblangan. Shuningdek, bu davrda muhim ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar ro‘y bergan bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish kashf qilingan, jumladan, to‘qimachilik, kemasozlik, kulolchilik paydo bo‘lgan. Mehnat vositalari taraqqiy etib, xususan, tosh, suyak va yog‘ochga ishlov berish an’anaviy uslublari takomillashib, ayniqsa, toshni silliqlash, parmalab teshish singari texnologiyalar kashf etilgan, mikrolit qurollari esa turmushda ko‘proq ishlatila boshlagan. Eng muhimi, mahsulot ishlab chiqarish xo‘jalik asoslari, jumladan, dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelgan. Bu voqelik, shubhasiz, ibtidoiy ijtimoiy tuzum, jamoalar kundalik turmush tarzi, xullas, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning barcha sohalarida keskin, tub progressiv o‘zgarishlarga olib kelgan. Shuning uchun ham bu tarixiy jarayonni ingliz arxeologi G.Chayld “Neolit inqilobi” atamasi bilan fanga kiritgan bo‘lib, mutaxassislar tomonidan adabiyotlarda keng qo‘llanilib kelmoqda2. Geologik davrlashtirish bo‘yicha neolit asosan golotsen davriga to‘g‘ri keladi va bu davr tabiiy iqlim sharoiti, o‘simlik va hayvonot dunyosi nisbatan hozirgi zamonga yaqinligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, bu davrda oldingi taraqqiyot bosqichlariga qaraganda tabiatan yangi, inson yashashi uchun ma’qul hududlarni o‘zlashtirish jarayoni tezlashib, aholi tobora kengroq mintaqalarda yashay boshlagan.
Dostları ilə paylaş: |