Ishlab chiqarish xoʻjaligiga oʻtish va xoʻjalik boshqaruvining tashkil topishi mundarija: kirish


II.O’ZBEKISTONDA ISHLAB CHIARUVCHI XO’JALIK MANZILGOH LARI



Yüklə 326 Kb.
səhifə8/17
tarix09.06.2023
ölçüsü326 Kb.
#127415
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Копия Ishlab chiqaris KURS ISHI

II.O’ZBEKISTONDA ISHLAB CHIARUVCHI XO’JALIK MANZILGOH LARI
2.1. Oʻzbekiston hududidagi Neolit davri manzilgohlari
O‘zbekiston hududida neolit davri nisbatan yaxshi o‘rganilgan. Ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida mamlakatimiz hududida neolit davriga oid Kaltaminor, Markaziy Farg‘ona, Sazog‘on (O‘rta Zarafshon) kabi tarixiy-madaniy jamoalarning turmush tarzi xususiyatlari oydinlashtirildi, asoslandi va fanga kiritildi. Quyida keng ko‘lamda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar asosida O‘zbkiston neoliti davri moddiy madaniyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari, xronologik chegarasi, asosiy yodgorliklari bayoni va ularning tosh qurollari xususiyatlari, zikr etilgan madaniyatlarning kelib chiqish ildizlari, o‘zaro madaniy aloqadorliklari, xo‘jalik asoslari, ijtimoiy tuzumi, xullas, neolit jamoalari ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati kabi muammolar yechimini yoritish ko‘zda tutilgan. ………………………………… Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoasi. O‘rta Osiyo, xususan, Ikki daryo oralig‘i hududlarida keng tarqalgan ovchi va baliqchi jamoalari madaniyati hisoblangan Kaltaminor madaniyati nafaqat Amudaryo quyi oqimi, balki Oqchadaryo havzasi, Qizilqumning ichki hududlari (Lavlakan), Quyi Zarafshon qadimiy o‘zanlari (Moxandaryo, Xo‘jayli-janubiy; Echkilisoy, Oyoqagitma, Daryosoy – shimoliy, Chorbaqti o‘rta o‘zan) hamda Quyi Amudaryo so‘l sohili O‘zboy, Sariqamish, shuningdek, Ustyurt, shimoli-sharqiy Orolbo‘yi, Janubiy Qozog‘iston hududlariga ham tarqalganligi so‘nggi yillardagi arxeologik tadqiqotlar tufayli aniqlandi8. Xususan, 1939 yili S.P.Tolstov tomonidan Amudaryo quyi oqimi bo‘ylab Oqchadaryo havzasida Jonbos-4 yodgorligining ochilishi bilan bu madaniyatning o‘rganilishi boshlangan edi9.
Keyinchalik shimoli-sharqiy Orolbo‘yi, Oqchadaryoda tadqiqot ishlari davom ettirilib, Kaltaminor madaniyatiga doir 100 dan ortiq yodgorliklar aniqlangan va tadqiq etilgan10. 1965 yildan e’tiboran Kaltaminor madaniyati majmuasiga kiruvchi yodgorliklarni o‘rganishda yangi bosqich boshlandi va 1965-1972, 1975, 1978 yillar mobaynida kompleks tadqiqot ishlari Qizilqum ichki hududlarida olib borildi11. Kaltaminor jamoalariga tegishli qabrlar, Tumek-Kichikjik yodgorligi, 1976 yili Tolstov yodgorligi topib o‘rganilgan12. Shuningdek, Bukantov tizmasidan ko‘plab qoyatosh rasmlarining tadqiq etilishi ham ahamiyatlidir13. Hozirgi kunda Quyi Zarafshonning 3 ta qadimiy o‘zani bo‘lganligi aniqlangan: 1) Shimoliy Echkilisoy, Oyoqagitma, Daryosoy; 2) Janubiy Moxandaryo, Xo‘jayli; 3) O‘rta shimoliy va janubiy o‘zanlar oralig‘ida nisbatan qadimiyroq – Chorbaqti vohasi. Bu qadimiy o‘zanlarning neolit davri moddiy madaniyatini o‘rganishda O‘zbekiston arxeologik ekspeditsiyasi otryadi, Moxandaryo Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi Qizilqum otryadi, ToshMU geomorfologik otryadi, Samarqand Davlat universiteti Quyi Zarafshon arxeologik ekspeditsiyalari tadqiqotlari natijalari muhim bo‘ldi14. Xususan, Chorbaqti vohasida yangimezolit, neolit yodgorliklari ochilib, vohaning ibtidoiy davr madaniyatini o‘rganish naqadar istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi15. Zikr etilgan tadqiqotlar asosida geologik, geomorfologik, paleobotanik, to‘rtlamchi davr stratigrafiyasi yuzasidan ham keng ma’lumotlar to‘planganki, bu arxeologik manbalar bilan uyg‘unlashgan holda nafaqat janubi-g‘arbiy Qizilqum neolit jamoalari moddiy madaniyati, balki bu mintaqaning bir necha ming yilliklar davomida iqlimiy-landshaft muhitining asosiy parametrlari, taraqqiyoti dinamikasini ham tiklash imkoniyatini berdi16. Kaltaminor tarixiy-madaniy majmuasi tarkibida mahalliy xususiyatga ega quyidagi madaniyatlar ajratilgan: 1. Kaltaminor yoki Oqchadaryo; 2. Lavlakan (ichki Qizilqum); 3. Quyi Zarafshon (qadimiy o‘zanlari va unga yondosh hududlar). Kaltaminor tarixiy-madaniy jamoalarining asosiy tayanch, madaniy qatlamlari buzilmay saqlangan yodgorliklariga Jonbos-4, Tolstov, Uchashi 131, Lavlakan-26, Dorbazaqir 1,2, kabi yodgorliklar kiradi (mavjud mingdan ortiq yodgorliklarda, afsuski, madaniy qatlamlar saqlanib qolmagan).

Yüklə 326 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin