2-rasm. Oʻzbekistonning 2022-yilning dastlabki 10 oyida oziq-ovqat import koʻrsatgichi.
2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 106 ta davlatdan qiymati 2,8 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan. Bu koʻrsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 40 % ga oshgan.
Endilikda insoniyat keng miqyosda is’temol qiladigan goʻsht mahsulotlarini qancha miqdorda ishlab chiqarilishi va xalqaro savdoga yoʻnaltirilgan qismiga e’tiborimizni qaratamiz:
Goʻsht. 2022 yilda dunyoda 360 million tonna goʻsht ishlab chiqarish darajasi prognoz qilinmoqda. Bu 2021 yildan 1,35 foizga koʻpligini koʻrsatmoqda.
Statistik ma’lumotlarga tayanadigan boʻlsak 2020-yilga nisbatan 2022-yilda 20 million tonnadan koʻp goʻsht mahsulotlari ichlab chiqarildi. Koʻrsatgichlarni bu darajaga yetishiga asosiy sabab dunyo aholisi 8 milliarddan oshishi natijasida talabni yanada ortib ketgani koʻrsatilmoqda.
3-rasm. Xalqaro savdoda goʻsht savdosi koʻrsatgichlari.
ПАРАГРАФ РАСМ БИЛАН ТУГАМАЙДИ. РАСМ НОМИ АЛОҲИДА БЕТДА ҚОЛИБ КЕТМАСИН
2.3 Oʻzbekistonda pandemik davrda yurutilgan narx siyosati
Koronavirus pandemiyasi ortidan iqtisodiy xatarlar ham koʻzga tashlandi. Bir yil ichida global iqtisodiy inqiroz yuzaga kelishi haqida gapirayotgan yetakchi ekspertlar ham koʻplab topiladi. Albatta, jahon boʻylab infeksiya tarqalishi davom etar ekan, dunyo davlatlari koʻradigan iqtisodiy zarar koʻlami OAV va turli tahlil kompaniyalarining bosh mavzularidan biriga aylangan. Xoʻsh, koronavirusning Oʻzbekiston va jahon iqtisodiyotiga ta'sirini qanday taxmin qilish mumkin, zarar koʻlami qay darajada boʻlishi kutilmoqda?
Iqtisodiy oʻsish 2,8 foizgacha pasayib, oxir-oqibatda 2008 yildagi inqiroz qaytishi mumkin. Jahon banki ma'lumotlariga koʻra, dunyo iqtisodiyoti 2009 yildan buyon oʻzining dastlabki yuqori iqtisodiy oʻsishiga erisha boshlanganda, koronavirus ta'sirining yuzaga kelishi global iqtisodiyotni yana xavf ostiga qoʻydi. Xoʻsh, global iqtisodiy xavflar kelgusida nimalarda oʻz aksini topishi mumkin?
Iqtisodchilarning fikricha, bu boradagi xavflar 4 yirik yoʻnalishda koʻrinadi. Koronavirus pandemiyasining keng tarqalib borishi va unga qarshi koʻrilayotgan majburiy choralar birinchidan, xalqaro savdoning yarmini tashkil etuvchi global qoʻshimcha qiymat zanjiri kamayishiga ta'sir qiladi. Ikkinchidan, virus aniqlangan mamlakatlardan kapital qocha boshladi. Uchinchidan, insonlar uylarida qolishlari sababli ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan zavod va fabrikalar boʻsh yoki ishsiz qolmoqda. Toʻrtinchidan esa rivojlanayotgan mamlakatlarda transport va turizm sohasining yetakchiligi ushbu iqtisodiyotlarga salbiy ta'sir koʻlamini oshiradi.
Shuningdek havo transportida yoʻlovchi va yuk tashish, moliyaviy tranzaksiyalar, axborot texnologiyalari xizmatlari kabilar boʻyicha savdolar hajmi keskin pasayib ketayotganiga e'tibor qaratdi. Bu borada Bloomberg ma'lumotlariga ham e'tibor qaratish oʻrinli. Unga koʻra, virus ta'siri natijasida jahon YaIM 2020 yilning oʻzida 2,7 trln. dollari miqdorida yoʻqotishga duch keladi. Bilasiz, yirik iqtisodiy qudratga ega davlatlar (masalan, G20)ning aksariyat qismida virus bilan kasallanish holatlari aniqlandi, ayrimlari esa virus oʻchog‘iga aylandi. Buning natijasida 2020 yilda yevrohudud 1,2 foizga, AQSh iqtisodiyoti esa 0,6 foizga kamayishi mumkinligi bashorat qilinmoqda. Bu borada nufuzli tahlil tashkiloti – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2 barobarga sekinlashib, iqtisodiy oʻsish 1,5 foizga teng boʻlishini koʻrishimiz mumkun. Toʻg‘ri, 2020 yil 8 yanvarda Jahon banki tomonidan 2020 yil uchun prognozlarida rivojlangan iqtisodiyotlar 2,5 foiz, rivojlanayotgan iqtisodiyotlarning esa 4,1 foiz iqtisodiy oʻsishga erishishi boʻyicha ma'ruza-hisobotlari e'lon qilingan edi. Lekin, bu ma'ruza prognozlarida virusning keng koʻlamli ta'siri inobatga olinmagan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Jahon banki taxminlari oʻzini oqlamaydi. Jahon banki 2019 yil yakuni boʻyicha iqtisodiy oʻsishdagi pasayish koʻrsatkichlarini AQSh va Xitoy oʻrtasidagi savdo sanksiyalari va xalqaro investitsiya oqimining pasayishi bilan asoslangan edi. Shunday boʻlishiga qaramasdan, virusning iqtisodiyotga ta'sirini favqulodda baholash muhim hisoblanadi. Bu borada men Bank of America ekspertlarining tahlillari haqida ham gapirgan boʻlardim. Ushbu bank vakillari xulosasiga koʻra, Xitoy iqtisodiyotining pasayishi dunyo iqtisodiyotiga jiddiy ta'sir etib, kelgusida hattoki oʻsish 2,8 foizgacha pasayib, oxir-oqibatda 2008 yildagi inqiroz qaytishi mumkin.
Jahon iqtisodiyotidagi oʻzgarishlarning Oʻzbekistonga ta'siri oldingiga nisbatan yuqori boʻladi. Yumshoq qilib aytganda, pandemiyaning salbiy oqibatlari jahon iqtisodiyotiga chuqurroq integratsiyalashayotgan Oʻzbekistonni ham chetlab oʻtmadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin. Birinchidan, Oʻzbekiston ochiqlik siyosatini keng koʻlamda amalga oshirayotgani jahon iqtisodiyotidagi oʻzgarishlarga sezuvchanlikni oshiradi. Ikkinchidan, oʻtgan qisqa islohotlar davrida xorijiy investitsiyalarning oqimi oshdi. 2019 yilda 4 mlrd dollardan ortiq toʻg‘ridan-toʻg‘ri investitsiyalar jalb etildi. Uchinchidan, davlat tashqi qarzi 2016 yilga qadar 10 foizga yetmagan boʻlsa, keyingi davrda xorij mablag‘lari keng jalb etildi. Bir soʻz bilan aytganda, Oʻzbekistonga jahon iqtisodiyotidagi oʻzgarishlarning ta'siri oldingiga nisbatan yuqori boʻladi. Shuning uchun, asosiy savdo hamkorlari boʻlgan mamlakatlarda koronavirusning salbiy ta'siri Oʻzbekistonga ham oʻzining sezilarli ta'sirini oʻtkazadi. Bu borada, ayniqsa, tashqi savdo aylanmamizda importning ulushi qariyb 60 foizga yaqinligi import tovarlar bozorida ba'zi xavotirlarni keltirib chiqaradi.
Oʻzbekistonning yirik tashqi savdo hamkorlari Xitoy (18,7 foiz), Rossiya (15 foiz), Qozog‘iston (8,3 foiz), Janubiy Koreya (6,6 foiz) va Turkiya (5,8 foiz) mamlakatlaridan Xitoy va Janubiy Koreya virusning oʻchoqlaridan biri boʻlib turgan.
Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma'lumotlariga tayanib aytishicha, 2020 yilning yanvar-fevral oylarida Xitoy Xalq Respublikasida eksport hajmi 17 foizga tushib ketishi yuzaga kelib, savdo balansida salbiy farq shakllanishiga sabab boʻlgan. Eksport hajmi 292,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Yana shuni ta'kidlash lozimki, virusning keng miqyosda tarqalib tashqi savdoga ta'sir etishi mumkin boʻlgan davr aynan Xitoyning milliy bayrami bilan bir davrda boʻlishiga toʻg‘ri keldi. Bu esa virusning salbiy oqibatlarini pasaytirishga yordam berdi, deyish mumkin. Masalan, Rossiyaning Xitoyga eksporti 22 foizga oʻsgan boʻlsa, aksincha, Xitoyning Rossiyaga eksporti 15 foizga kamaydi. Natijada, joriy yilning 20 fevral kuni Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov mamlakat kuniga 1 mlrd rubl yoʻqotayotganini qayd etdi. Xulosa qilib aytganda, Xitoyning savdo hamkorlari Xitoyning eksport qilmaslik ehtimolidan moliyaviy ziyon koʻrishmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkori sifatida Xitoydan qilinadigan mahsulotlar hajmining kamayish ehtimoli natijasida mamlakatimizda yalpi talab oshishi mumkin.
Oʻzbekistoning 2019 yilning yanvar-sentabr oylaridagi eksport tovarlari tarkibidagi ayrim mahsulotlarni koʻrib oʻtsak. Xitoy va Turkiya oʻzbek paxta tolasining eng yirik importyorlari hisoblanadi. Bunda koʻrsatkichlar mos ravishda 141,0 va 9,0 mln dollarga teng. Ushbu mamlakatlarga paxta tolasini eksport qilmaslik Oʻzbekistonga jiddiy ta'sir oʻtkazmaydi, sababi 2020 yildan ushbu mahsulot toʻliq bozor munosabatlari orqali davlat sotadigan strategik mahsulotlar tarkibidan chiqarildi.
Energiya manbalarini eksport qilishda toʻxtalishlar boʻlmasligi mumkin, sababi tabiiy energiya aholi iste'moli uchun doimiy talabni shakllantiradi. Navbatdagi yoʻnalish – oziq-ovqat. Bunda Oʻzbekistonning oziq-ovqat mahsulotlariga asosiy importyorlar Rossiya va Qozog‘iston hisoblanadi. Oʻrtadagi umumiy hajm 385,0 mln. dollar. Bu raqam – taxminan Xitoyga paxta eksportidan daromadning 2,5 barobariga toʻg‘ri kelishini ham qayd etib oʻtish kerak. Shu oʻrinda e'tiborga arzirli yana bir ma'lumot: Oʻzbekistonda oziq-ovqatlar eksporti jami eksportda 8,4 foiz boʻlsa, importda 7,5 foizni tashkil etadi. Fikrimizcha, Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari sezilarli darajada oshmaydi. Sababi, biz oziq-ovqat importiga bog‘langan mamlakat emasligimiz yuqoridagi raqamlardan ma'lum boʻlmoqda.
Pandemik inqiroz davrida Oʻzbekiston iqtisodiyotiga katta zarar yetkazuvchi eng asosiy omillar quyidagilar hisoblandi:
Aviayoʻlovchilar sonining kamayishi natijasida aviakompaniyalarning moliyaviy barqarorligiga xavf tug‘iladi;
Temiryoʻl qatnovining pasayishi temiryoʻl kompaniyasining holatiga ta'sir qilmasligi mumkin, sababi yuk tashishlar davom etayotgani ushbu sohaning asosiy moliyaviy natijalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega;
Oʻzbekistondagi turizm infratuzilmasi (mehmonxona, ichki transport va boshqa xizmatlar)ning qisqa muddatli moliyaviy beqarorligi yuzaga keladi.
Mamlakatlarda iqtisodiy oʻsish darajasi oʻrta muddatli davrda pasayishi kuzatiladi.
Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish qiyinlashishi mumkin. Buning oldini olish va milliy fond bozori barqarorligini saqlab turish uchun ichki iste'molni ta'minlash lozim boʻladi.
Jahon miqyosida makroiqtisodiy muvozanat beqarorlashuvi ortidan YaIM hajmi qisqaradi. Muvozanat buzilishiga import samarasi ta'sirini kamaytirish uchun foiz stavkalarini tushirish orqali ichki iste'molni ta'minlash muhim hisoblanadi. Natijada, insonlar kreditlar olish imkoniyati oshib, yalpi talab va yalpi taklif muvozanatiga erishish mumkin.
Turizm sohasida turg‘unlik yuzaga kelishi kuzatiladi. Natijada, ishsizlik yuzaga kelishi va iqtisodiy oʻsishga ham salbiy ta'sir kuzatilishi mumkin.
Har qanday demokratik davlat virusning ijtimoiy oqibatlarini bartaraf etishda xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi. Koronavirus ta'siri oʻz-oʻzidan davlat budjetiga ham tasir koʻrsatadi. Bu esa, budjet xarajatlarini oshishiga ta'sir etadi. Hozir hukumat budjet mablag‘larini muhokamalarsiz safarbar qilmoqda. Jumladan, og‘ir sharoitda va hayotini xavf ostiga qoʻyib faoliyat yuritayotgan shifokorlarga qoʻshimcha haqlarning toʻlanishi nazarda tutildi. Yana virusni aniqlash, karantin va davolash bilan bog‘liq barcha tadbirlar budjetdan moliyalashtirilmoqda. Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning toʻlovga qobilligi virus oqibatida tushishi mumkinligi inobatga olinib, Markaziy bank aktivlar sifatiga qoʻyilgan talablarni qisqa muddatga yengillashtirdi. Bu kabi chora-tadbirlar oʻz oʻrnida makroiqtisodiy tebranishlarning favqulodda ta'sirini qisqa muddatli tadbirlar bilan bartaraf etishga e'tibor berilayotganligini anglatadi. Aholining sotib olish qobiliyatini oshirishga qaratilgan choralarning qoʻllangani, xususan, daromad solig‘i tushirilgani oʻzining ijobiy tasdig‘ini topyapti. Shu bilan birga, Oʻzbekistonda epidemik holat natijasida aholining iste'moli ayrim xarajatlari vaqtinchalik qisqarishi natijasida aholi daromadlarining jamg‘arish bosqichiga oʻtishi yuz berishi va istiqbolda moliyaviy xizmatlarga boʻlgan talabni oshirdi.
Shu oʻrinda xalqimizga yana bir narsani eslatgan boʻlardim. Oʻzbekiston prezidenti, hukumat fuqarolarga ularning xavfsizligi nazorat ostida ekanligini, oziq-ovqat va boshqa masalalarga yetishmovchiliklar boʻlmasligini aytib, tinimsiz murojaat qildi. Buning ma'suliyatini oʻz zimmasiga oldi. Demak, bu ma'suliyatga yarasha fuqarolar ham unga ishonishi kerak.
XULOSA
Xulosa qiladigan boʻlsak, Oʻzbekiston soʻngi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etayotgan va raqobatbardosh mamlakatga aylanmoqda. Zero, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida koʻzda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, kelajakda iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasiga olib chiqib boʻlmasligi davlatimiz rahbari tomonidan asoslab berilgan edi. Bozor iqtisodiyoti har bir kishidan qanday kasb egasi boʻlmasin iqtisodiy mushohada yuritish va shu asosda xulosa chiqarishni oʻrganishni talab qiladi. Boʻlg‘usi iqtisodchilardan esa iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish bilan birga, iqtisodiyotning barqaror oʻsishini ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iste’molchi sifatida tanlovning eng optimal variantlarini amalda roʻyobga chiqarish boʻyicha oʻzining mustaqil qarashlariga ega boʻlish, hamda oʻz sohasidan ilmiy tadqiqot yoʻllarini amalga oshirishga layoqatli boʻlishi talab qilinadi. Biz iqtisodni oʻrganar ekanmiz albatta unga oid tirmenlar, atamalar albatta oʻrganish kerak.
Bozorsiz, bozorda yuz beradigan oldi-sotdisiz narx haqida bir nima deyish qiyin. Faqat bozordagina narx oʻrnatilishi mumkin. Xozirgi zamon iqtisodiy nazariyasida iqtisodchilar tomonidan eng koʻp qoʻllab-quvvatlangan neoklassik nazariya Marshallning baho kontseptsiyasidir. U qiymatni inkor qilib, faqat almashuv qiymati, ya’ni baho mavjudligini tan oladi. U bahoning shakllanishida me’yoriy naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif kontseptsiyalarini birlashtirib, yagona kontseptsiya tarzida ilgari suradi: qisqa muddatli muvozanatda narxga naflilik koʻproq ta’sir koʻrsatsa, uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish xarajatlari muhim rol oʻynashini koʻrsatib beradi. Xar ikkisini solishtirib koʻrib, narxni ta’riflashga bozor mexanizmi nuqtai nazaridan yondashuv nisbatan universal hamda amaliy ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Narx va uning oʻsish darajasiga qarab nainki bozordagi vaziyatga, kon’yunkturaga, balki mamlakatdagi iqtisodiy holatga ham baho berish mumkin.
Biz bu kurs ishi davomi narx nima, uning mazmun mohiyati, u haqida turli xil nazariyalar, narxning turlari, narx indeksi, narx deapozoni, Raqobatning turli shakllari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari,narx siyosati haqida ma’lumotlar bilan tanishib chiqdik. Bu ma’lumotlar bilan tanishib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki,qadimda ham ya’ni oʻsha klassik yondashuv,neoklassik yondashuv, hozirgi zamon neoklassik yondashuvlarni ta’kidlanganidek davlat uchun narx juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi savdoda, shuningdek ichki bozorda narxlar ma'lum bir bozor holati ta'siri ostida amalga oshiriladi. Printsipial jihatdan narx tushunchasining oʻzi ichki bozorni tavsiflash uchun ham, tashqi bozorni tavsiflash uchun ham oʻxshashdir. Narx, shu jumladan xalqaro savdoda, sotuvchi tovar yoki xizmatni taklif qilish orqali olishni niyat qilgan va xaridor ma'lum bir tovar yoki xizmat uchun toʻlashga tayyor boʻlgan pul miqdoridir. Ushbu ikkita talabning bir-biriga mos kelishi "narxlash omillari deb nomlangan koʻplab shartlarga bog‘liq.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli mamlakatlarning tashqi iqtisodiy sub'ektlari oʻrtasidagi savdoda narxlarni belgilash jarayoni raqobat sharoitida, talab va taklif oʻrtasidagi dinamik muvozanat, shuningdek eksport qiluvchi va import qiluvchi bozorida oʻzini tutishning qiyosiy erkinligi sharoitida amalga oshiriladi. Biroq, ushbu postulatlar bozor turiga qarab tuzatishlarni talab qiladi. Bozor turlarini, shu jumladan jahon bozorlarini tasniflashning asosiy mezoni raqobat erkinligining tabiati va darajasidir.
Jahon bozorining narx koʻrsatkichlarini oʻrganish va amalda qoʻllash uchun narxlar toʻg‘risidagi ma'lumotlarning asosiy manbalarini bilish kerak. Hozirgi vaqtda deyarli barcha tovarlar va mahsulot guruhlari uchun mintaqalar va vaqt davrlari boʻyicha (mavsumiy tovarlar uchun) maxsus ma'lumotlar banklari tashkil etilgan. Rivojlanayotgan bozorlarning oʻsib borayotgan talabi xom ashyo va oziq-ovqat narxlarining eng yuqori choʻqqisida. Hech boʻlmaganda soʻnggi yillarda tezlashgan pul taklifining oʻsishi AQShdagi kredit inqirozi tufayli sekinlashishi kutilgan edi-ammo bu hali sodir boʻlmadi. Bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiyani ma'muriy bostirish resurslarning irratsional taqsimlanishiga olib keladi, bu esa rivojlangan mamlakatlarga ta'sir qiladi va natijada narxlarning oʻsishini yanada kuchaytiradi.
ХУЛОСА ЯКУНИДА ТАКЛИФЛАРИЗИ ЁЗИНГ
Dostları ilə paylaş: |