Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


-chizma. Jamg`arma va investitsiya o`rtasidagi muvozanatning



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə16/16
tarix18.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#116545
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
tURGUNOV bOB

4.2-chizma. Jamg`arma va investitsiya o`rtasidagi muvozanatning
keynscha modeli.
Bu keynscha model bo`lib, bunda grafik ko’rsatkichlarining joylashuvi ham klassik modeldan farq qiladi. Tik o’qda jamg’arma (S) va investitsiya (I) darajasi, yotiq o’qda esa milliy daromad darajasi (NI) joylashgan. Iqtisodiyotdagi jamg’arma darajasi milliy daromad hajmiga bog’liq holda o’zgaradi. Milliy daromad hajmi amalda investitsiya darajasiga ham ta’sir ko’rsatsada, mazkur modelda uni milliy daromadga bog’liq bo’lmagan, ya’ni avtonom holda beriladi. Grafikda investitsiya va jamg’arma egri chiziqlari E nuqtada kesishadi. Agar iqtisodiyotdagi to’la bandlik holatiga milliy daromadning F darajasida erishiladi, deb qaraydigan bo`lsak, u holda bu darajada investitsiya va jamg’arma muvozanatini (EFnuqta) ta’minlash uchun investitsiya IF darajada bo’lishiga erishish lozim bo’ladi. Biroq, Keyns talqiniga ko’ra, investitsiya va jamg’arma darajasining muvozanati to’la bandlik bo’lmagan sharoitda ham ta’minlanishi mumkin: grafikdagi milliy daromadning N hajmida aynan shu holatga (E nuqta) erishiladi. Yuqorida o`rgangan ikki modelimiz haqida umumiy xulosaga kelib, ba`zi zarur taqqoslashlarni amalga oshiramiz:






Demak, yuqoridagilardan ma`lumki, jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real hayot, ya’ni iqtisodiyotning to’la bandligi mavjud bo’lmagan holatga nisbatan ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan model hisoblanadi. Shunga ko’ra, biz ham makrodarajadagi boshqa muammolarni ko’rib chiqish va tahlil qilishda, asosan, ushbu modeldan foydalanamiz.

XULOSA

Ahоlining darоmadlari miqdоri оshib bоrishi bilan jamg`armalar miqdоri ham оshib bоradi. Bundan tashqari istе’mоl bоzоrida faqat fuqоralar emas, balki ularga хizmat ko`rsatadigan kоrхоna va tashkilоtlar ham хaridоr hisоblanadi. Istе’mоl va jamg`arish chizig`i istе’mоlchilar jamg`armasida bo`layotgan o`zgarishlarga, narх va sоliq, istе’mоlchi qarzi darajasi, shuningdеk, uy хo`jaliklarining taqsimlanadigan darоmadlaridagi o`zgarishlarga bоg`liq.
Istе’mоl va jamg`armaga o`rtacha va chеgaraviy mоyillik ahоli darоmadlarining qancha qismi istе’mоlga va qancha qismi jamg`armaga kеtyotganligini tushinish imkоniyatini bеradi.
Invеstitsiya yoki kapital qo`yilmalar hali buyumlashmagan, lеkin ishlab chiqarish vоsitalariga qo`yilgan mablag` hisоblanadi. Dеmak, invеstitsiya yangi kоrхоnalar qurishga, mashina va asbоb-uskunalar sоtib оlishga kеtgan хarajatlardan ibоrat. Invеstitsiyaga qilingan хarajatlar sоf fоydaning kutilayotgan mе’yori va fоiz stavkasiga bоg`liq.

Tola ish bilan bandlik - barcha ishchi kuchining 100% ish bilan ta'minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, friktsion va strukturaviy ishsizlik ilojsiz xol bolganligini xisobga olsak, biz mutlaq tola ish bilan bandlilikka erishib bolmasligini tushunamiz.Agarda davriy ishsizlik bolmasa u xolda tola ish bilan bandlilikka erishiladi. Tola ish bilan bandlik davrdagi ishsizlik ishsizlikning tabiiy darajasi deyiladi. Bunga ish qidiruvchilar soni bosh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish mumkin. Agarda real ish xaqi xajmi oshsa ishbilarmon ishchi kuchiga bolgan talabni qisqartiradi, agar real ish xaqi xajmi kamaysa ishchi kuchiga bolgan talab ortadi.Ishsizlik tabiiy darajasining ikki xolatini, ya'ni, birinchidan, u iqtisodiyotning ishlab chiqarish potentsialidan toliq foydalana-yotganligini korsata olmaydi, chunki amaliyotda ishsizlik darajasi "ishsizlikning tabiiy darajasi"dan koproq boladi, ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u qonun va milliy an'analar bilan boqliq xolda ozgarishini bilishimiz lozim.




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati




  1. Axmedov D.Q., Ishmuxammedov A.E.,Jumaev Q.X., Jumaev Z.A

  2. Makroiqtisodiyot. Darslik.- T.: TDIU, 2004, 240 b.

  3. Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика: Учебник. М.:Дело и Сервис, 2001.

  4. Вечканов Г.С., Вечканова Г.Р. Макроэкономика: Торговая политика. Инфляция и безработица. Социалная политика. СПб.: ЗАО «Питер», 2005.

  5. Гайгер А., Линвуд Т.Макроэкономическая теория и переходная экономика. Пер. с англ. М.:ИНФРА-М, 1996.

  6. Галперин В.М., Гребенников П.И., Леусский А.И., Тарасевич Л.С.

  7. Макроэкономика: Учебник. СПб.:СПбГУЕФ,1997.

  8. Дорнбуш Р.,Фишер С. Макроэкономика. М.:МГУ,1997.

  9. Yo’ldoshev Z., Qosimov M.S. Makroiqtisodiyot asoslari. T.:

  10. «O’qituvchi»,1994

  11. Менкю Н.Г. Макроэкономика. М.:МГУ,1997.

  12. Селишчев А.С. Макроэкономика: Откритая экономика. Причини экономического роста. Динамика рынков. СПб.: ЗАО «Питер», 2005.

  13. 19.Xodjaev R., Maxmudov B., Xadjaev X., Ergashev E, Egamberdiev R. Mikro va makroiqtisodiyot.O’quv qo’llanma-T.:”ILM ZIYO” 2012, 324 b.

  14. 20. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” nomli ma’ruzalarini o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy majmua. – Toshkent: Iqtisodiyot. – 2012, 282 b.

  15. 21.Abulkasimov X. Makroiqtisodiy tartibga solish va O’zbekistonning barqaror rivojlanishi. Monografiya. – T. “Akademiya”, 2011, 92 b.

  16. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligining rasmiy ma’lumotlari

15. Agapоva G.A., Sеrеgina S.F. Makrоekоnоmika. M.: DIS. 2004.
16. Bunkina M.K., Sеmyanоv V.A. Makrоekоnоmika. M.: 2007.
17. Jеffri D., Saks D., i dr. Makrоekоnоmika. Glоbalno`y pоdхоd.
M.: Dеlо. 1996.
18. Ishmuхamеdоv A.E., Jumaеv Q.Х., Jumaеv Z.A. Makrоiqtisоdiyot (ma’ruzalar matnlari). Tоshkеnt: TDIU -2000.
19. Mеnkyu N.G. Mikrоekоnоmika. M.: MGU. 2006.


www.forum.ziyouz.com
www.el.tfi.uz
www.aroma.orga.uz
www.ziyonet.uz



1



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin