Kurs ishining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida pul – kredit siyosatini rivojlanishini tahlil qilish orqali makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni ta’minlash va kelgusidagi makroiqtisodiy rivojlanishning samaradorligini oshirish yo’llarini tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining maqsadi. Pul – kredit siyosatini tahlil qilishdan iborat. Shundan kelib chiqib kurs ishi davomida hal qilinishi lozim bo`lgan quyidagi vazifalar belgilandi:
Pul-kredit siyosati deganda, to`lik bandlik sharoitida yalpi milliy maxsulotni ishlab chikarishga inflyatsiyaning ta`sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maksadida muomaladagi pul mikdorini o`zgartirishga karatilgan chora-tadbirlar tushuniladi3. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida xar kanday davlat mamlakatda iktisodiy barkarorlikni ta`minlash vazifasini xayotga tadbik etadi.
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maksadlari iktisodiy o`sish, to`lik bandlikni, baxolarning xamda to`lov balansining barkarorligini ta`minlashdan iborat.
Bu maksadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini ta`minlab turish zarur bo`ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy Bank kator vazifalardan foydalanadi.
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko`rsatiladi:
1. Xisob stavkasi;
2. Majburiy zaxiralar normasi;
3. Ochik bozordagi operatsiyalar.
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko`rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta`sir o`tkazadi, taklifini o`zgartiradi va shular orkali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi.
Banklar,kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash xamda tartibga solish,banklar, kredituyushmalari, garovxonalarni nazorat kilish, kimmatbaxo kogozlar blankalari ishlab chikarishni litsenziyalash;
O`zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta rezervlarini, shu jumladan kelishuv bo`yicha xukumat rezervlarini saklash va tasarruf etish;
Davlat byudjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir”4 Ochik bozordagi operatsiyalar – Markaziy bank tomonidan davlat obligatsiyalarini (kimmatli kogozlarni) tijorat banklari va axolidan sotib olish va ularga sotish bo`yicha operatsiyalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki axolidan bu kimmatli kogozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zaxiralarini sotib olingan obligatsiyalar mikdori xajmida ko`paytiradi. Bu zaxiralar pul bazasiga kiradi, ya`ni yukori kuvvatli pullar bo`lganligi uchun pul taklifi multiplikativ ko`payadi. Markaziy bank tijorat banklari va axoliga obligitsiyalarni sotish bilan zaxiralarni xamda tijorat banklarining kredit berish kobiliyatini kengaytiradi. Bu xolda pul taklifi kiskaradi.
Xozirda xamma mamlakatlarda pul mikdorini tartibga solishda ochik bozordagi operatsiyalarni, ya`ni davlat kimmatli kogozlarini taklif kilish usulidan keng foydalanilmokda. Ushbu operatsiyalarni Markaziy bank asosan nufuzi katta banklar guruxi bilan birgalikda amalga oshiradi.
Pul bozorida muomalada pul mikdori ortikchaligi mavjud deb faraz kilamiz. Tabiiyki, Markaziy bank ortikcha pul massasini kamaytirishga xarakat kiladi. Buning uchun, o`zida mavjud bo`lgan o`zining kimmatli kogozlarini u ochik bozorda axoli va banklarga taklif etadi, ular esa uni xarid kila boshlaydilar. Davlat kimmatli kogozlarini (sotish yoki xarid kilish yo`li bilan) taklifi oshib borgan sari, unga bo`lgan baxo pasayadi, o`z navbatida, unga bo`lgan foiz (ya`ni, kimmatli kogozlarni sotib olganlarga foiz shaklida to`lanadigan xak) oshadi, bu esa unga bo`lgan talabni oshiradi. Banklar va axoli kimmatli kogozlarni ko`prok xarid kila boshlaydi, pirovard natijada banklarning zaxiralari kiskaradi, o`z navbatida, bu xol pul taklifining bank mul’tiplikatoriga teng nisbatda kiskarishiga, shuningdek, bank zaxirasi va pul taklifining ortishiga olib keladi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki xam pul kredit siyosatini yuritishda bu vositaning rolini keskin oshirishni maksad kilib olgan.
Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muxim vositalardan biri – bu, xisob stavkasi siyosatidir. Xisob stavkasi yoki kayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim ko`zda tutilmagan zarurat tugilganda va moliyaviy axvoli mustaxkam bo`lgan xollardagina oladilar. Xisob stavkasining pasayishi bilan tijorat banklarida Markaziy bankdan ko`shimcha zaxiralarni olish imkoniyatlari kengayadi. O`z navbatida, bu tijorat banklarining zaxiralardan yangi kreditlar berish bilan pul taklifini ko`paytiradi. YAna shunday xollar mavjudki, Markaziy bank xisob stavkasini ko`tara borib, tijorat banklari tomonidan ko`shimcha zaxiralarni olish yo`lidagi to`siklarni biroz ko`targanday bo`ladi va kreditlar berish bo`yicha ularning faoliyatini pasaytiradi, shu yo`l bilan pul taklifini cheklaydi. Agar ushbu stavka past bo`lsa, unda tijorat banklari ko`prok kredit olishga xarakat kiladilar. Natijada banklarning ortikcha zaxiralari ortib boradi va muomaladagi pul massasi mikdorining oshib borishiga olib keladi. Agarda xisob stavkasi mikdori yukori bo`lsa, unda banklar kamrok kredit olishga, olganlarini esa kaytarib berishga xarakat kiladilar, pirovard natijada ortikcha bank zaxiralari kiskaradi, muomaladagi pul mikdori kamayadi.
Bu ko`rsatkichlar darajasi turli mamlakatlarda iktisodiy vaziyatga karab turlicha maksadda bo`ladi. Masalan iktisodiyotda turgunlik elimentlari ko`ringach investitsiyalarni ko`llab kuvvatlash va umuman iktisodiy faollikni oshirish uchun AKSH Federal zaxira tizimi xisob stavkasini 2002 yilda bir foizgacha kiskartirdi. O`zbekiston Respublikasida kayta mmoliyalashtirish stavkasi 2001 yilda o`rtacha 26,8 %, 2003 yilda o`rtacha 27,1 %, 2004 yilda o`rtacha 18,8 foizni tashkil etgan bo`lsa 2004 yilning dekabr’ oyidan 16 foizgacha tushirildi. Amaliyotda, davlatlar xisob stavkasi siyosatini ochik bozordagi operatsiyalar siyosati bilan muvofiklashtirilgan xolda olib borishga xarakat kiladilar. Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri – bu, majburiy bank zaxira me`yorini o`zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar – bu, kredit maksadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir kismidir.. Zaxira normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo`lgan zaxiralarning eng kuyi normasini o`rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash kobiliyatiga, imkoniyatiga ta`sir etadi. Bu me`yor kanchalik yukori bo`lsa, ortikcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo`li bilan «pullarni barpo etish» kobiliyati past bo`ladi. Ilk majburiy zaxira normalari AKSH da 1865 yilda joriy kilingan edi. Agar Markaziy bank majburiy bank zaxirasini kamaytirsa, ortikcha bank zaxiralari ortadi, bu esa pul taklifining mul’tiplikatsion ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu me`yor 25 % bo`lsa, unda bankka ko`yilgan 800 so`mdan 200 so`m majburiy bank me`yorini tashkil etadi. Bunda bank fakat 600 so`mni karzga berishi mumkin bo`ladi. endi faraz kilaylik, me`yor 10 % ga tushiriladi, unda bank 720 so`mni karzga berish imkoniyatiga ega bo`ladi va boshlangich pul taklifini 720 so`mga oshiradi.
Majburiy bank zaxirasi me`yorini ko`tarish yordamida pul taklifini kamaytiradi. Zero, bu banklarning ortikcha bank zaxiralari kiskarishiga olib keladi. Pul-kredit siyosatini o`tkazishda bu vosita butun bank tizimining asoslariga ta`sir etadi. Turli mamlakatlarda ko`llanilayotgan majburiy zaxira normalari turlichadir. YUkori inflyatsiya darajasi sharoitida Janubiy Koreyada bu norma -100 foiz bo`lgan bo`lsa, Italiyada -25 foizni, YAponiyada bor yo`gi -2.5 foizni tashkil etadi. YAIM mikdorining ko`payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma`lum davrda o`z maksadiga erishadi, ishlab chikarishning orkaga ketishi to`xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.
Pul-kredit siyosatining okibati to`grisida gapirganda, bu siyosatning kiska muddatli va uzok muddatli okibatlarini farklash kerak. Agarda kiska muddatli davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YAIM mikdori o`sishini ragbatlantirilgan xamda ma`lum darajada samaradorlikka erishilgan bo`lsa, uzok muddatli davrda bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin.