Pul-kredit va fiskal siyosatning o`zaro boglikligi.
Pul kredit siyosatinig ishlab chikarish xajmiga ta`siri birinchi paragrafda ta`kidlanganidek pul taklifi o`zgarishining foiz stavkasi darajasiga, foiz stavkasi o`zgarishining esa investitsiya xarajatlari xajmiga (bu bilan yalpi xarajatlar xajmiga xam) va yalpi xarajatlar o`zgarishining ishlab chikarish ya`ni yalpi taklif xajmiga ta`siri ko`rinishida boskichma - boskich ro`y beradi. Foiz stavkasining pul taklifi o`zgarishiga tasirchanligi, yoki investitsiya xarajatlarining foiz stavkasi o`zgarishiga tasirchanligi past bo`lishi pul kredit siyosatini amalga oshirishda muammolarni keltirib chikaradi.
Pul-kredit siyosati fiskal va savdo siyosatlari bilan chambarchas boglik. Agarda Markaziy bank kayd kilingan valyuta kursini saklab turishni maksad kilib ko`ysa mustakil (ichki) pul siyosatini olib borish mumkin bo`lmay koladi. CHunki almashinuv kursini ta`minlab turish uchun valyuta zaxiralarini ko`paytirib yoki kamaytirib turish iktisodiyotda pul xajmiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Pul-kredit va fiskal siyosatlarni muvofiklashtirish bilan boglik kiyinchiliklar xam mavjud. Agarda xukumat iktisodiyotni davlat xarajatlarini oshirish orkali ko`llab-kuvvatlashni amalga oshirmokchi bo`lsa, uning muvaffakiyatli amalga oshishi ko`prok pul-kredit siyosatining xarakteriga boglik. CHunki, bu mo`ljallanayotgan xarajatlar kimmatli kogozlar (ya`ni, obligatsiyalar)ni chikarish evaziga amalga oshsa, pulga bo`lgan talab oshadi va natijada esa foiz stavkalari ko`tariladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining kamayishiga olib keladi. YOki Markaziy bank xukumatning yukoridagi siyosatini ko`llab-kuvvatlash uchun pul taklifini ma`lum mikdorda ko`paytirsa, pul kadrsizlanishi mumkin.
Umuman, barkaror pul-kredit siyosati xukumat tomonidan olib boriladigan fiskal siyosatga xamma vakt xam mos kelavermaydi.
Bank tizimi Markaziy bank va tijorat banklarini o`z ichiga oladi. O`zbekiston Respublikasida ikki boskichli bank tizimi shakllangan.
Markaziy banning bosh maksadi milliy valyutaning barkarorligini ta`minlashdan iborat.
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maksadlari iktisodiy o`sish, to`lik bandlikni, baxolarning xamda to`lov balansining barkarorligini ta`minlashdan iborat.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishda foiz stavkasi, majburiy zaxiralash normasi va ochik bozordagi operatsiyalar kabi vositalardan foydalaniladi.
Ochik bozordagi operatsiyalar pul-kredit siyosatining eng progressiv usuli bo`lib, uni ko`llash ko`lami ortib boradi.
O`zbekiston Respublikasida majburiy zaxiralash normasi va kayta moliyalash stavkalari kamaytirib borilayotganligi, pul-kredit siyosatining nisbatan yumshatilayotganligidan dalolat beradi. Bu inflyatsiya sur`atlarining jilovlanganligi tufayli mumkin bo`ldi va investitsiyalar, yalpi talab xajmiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Pul-kredit ta’limotlarining asosiy masalalaridan biri monetar siyosatning maqsadli ko’rsatkichlarini to’g’ri tanlash masalasi hisoblanadi. Jahon iqtisodiy amaliyotidan ma’lumki, monetar siyosatning asosiy yo’nalishlari muhokama qilinayotganda Markaziy bankning mas’ul mutaxassilari asosiy e’tiborni mamlakatda iqtisodiy o’sish, narxlar, foiz stavkalari, moliya va valyuta bozorlarining barqarorligini ta’minlash hamda mustahkamlash kabi bir qator masalalarga qaratadilar.
Yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishishda mamlakatda amalga oshirilayotgan makroiqtisodiy, monetar va fiskal siyosatning muvofiqligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Aks holda qo’yilgan maqsadlarga muvaffaqiyatli darajada erishib bo’lmaydi. Markaziy bank monetar siyosatni amalga oshirish va uning maqsadlariga erishishda yetarli darajada samara berishi mumkin bo’lgan bir yoki bir-necha maqsadli ko’rsatkichlarni tanlab olishi muhim ahamiyatga egadir. Odatda markaziy bank monetar siyosatning oraliq maqsadi sifatida pul agregatlaridan, jumladan, pul massasi yoki pul bazasidan foydalanadi. Markaziy bank monetar siyosatni amalga oshirayotganda yakkayu-yagona monetar ko’rsatkichga asoslanmasligi kerak. Chunki har bir ko’rsatkich ma’lum kamchiliklarga ega bo’lishi bilan birga, ular iqtisodiyotdagi ma’lumotlarni to’liq o’zida aks ettira olmaydi. Masalan, markaziy bank monetar ko’rsatkichlardan biri -
20pul massasi orqali iqtisodiyotda pulga bo’lgan real talab va taklifni aniqlash,monetizatsiya darajasi, pulning aylanish tezligi yoki pul massasining inflyatsiyaga, almashuv kursiga, foiz stavkalariga va umuman iqtisodiyotga qay darajada ta’sir etishi kabi ayrim masalalarni aniqlashi mumkin, holos. Shuningdek, iqtisodiy konyunkturaning o’zgarishi, makroiqtisodiy va moliyaviy ma’lumotlar hamda bank tizimining monetar siyosat pirovard maqsadlariga ta’sir etish ko’lami kabi ma’lumotlarga ega bo’lish markaziy banklar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O’z navbatida, monetar siyosatning asosiy yo’nalishlarida makroiqtisodiy siyosatning maqsadlari, iqtisodiy konyunkturaning tahlili, jumladan, real sektor, davlat byudjeti, investitsiya, tashqi savdo aylanmasi, to’lov balansi, asosiy makroiqtisodiy va monetar ko’rsatkichlar holati, bank tizimining rivojlanishi kabi bir qator ma’lumotlar mujassamlashgan bo’ladi. Ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish asosida markaziy bank inflyatsiyaning yoki pul massasining maqsadli ko’rsatkichlarini belgilab oladi va unga erishish uchun o’z ihtiyoridagi barcha vosita hamda usullardan samarali foydalanadi. Markaziy bank pul massasi ustidan qat’iy nazoratni o’rnatish orqali valyuta kursining barqarorligiga erishish mumkin. Ammo bank tizimining va moliya bozorining likvidliligi kamayib ketadi. Moliya vazirligi esa harajatlarni oshirish orqali, bir tomondan iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi, ikkinchi tomondan, moliya bozorida foiz stavkasining ko’tarilishiga, iqtisodiyot real sektorida investitsiyalarning kamayishiga olib keladi. Iqtisodiyotda shunga o’xshash ziddiyatli holatlar iqtisodiyotni, jumladan, bank tizimi va moliya bozorlarini erkinlashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi, almashuv kursi bo’yicha cheklovlarni olib tashlash natijasida kuchayadi. Bunday
salbiy holatlarni bartaraf etish uchun makroiqtisodiy va monetar siyosatning moslashuvchan bo’lishini talab etadi. Jahon bank amaliyotiga muvofiq pul aylanish tezligi nominal yalpi ichki mahsulotning o’rtacha yillik pul massasiga nisbati orqali aniqlanadi. Klassik iqtisodiy maktab vakillarining nominal YAIMning pul massasi hajmining tebranishlari ta’siri ostida o’zgarishi to’g’risidagi hulosalari shunga asoslanganki, 21pulning aylanish tezligini (PY/M) yetarli darajada doimiy deb hisoblash mumkin. Ularning hulosasidan farqli o’laroq, biz pul aylanish tezligini doimiy, deb hisoblamaymiz. AQSH iqtisodiyoti misolida 1915 yildan 2010 yilgacha bo’lgan uzoq davr mobaynida M1 va M2 pul agregatlari bo’yicha pulning aylanish tezligi dinamikasi tahlil pul aylanish tezligining barqaror emasligini ko’rsatdi. Shuning uchun uni doimiy deb bo’lmaydi.
Markaziy bank pul agregatlarini samarali nazorat qilish va tartibga solish uchun monetar siyosatning oraliq maqsadidan foydalanadi va odatda rezerv pullarni tanlab oladi. Operatsion maqsad - sifatida pul massasi yoki kredit hajmini tanlaydi. Pirovard maqsad sifatida esa - narxlarning barqarorligini, YAIMning real o’sishini ta’minlash kabi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni tanlab oladi. Hozirgi paytda inflyatsiya darajasi va milliy valyuta kursini barqaror ushlab turish monetar siyosatning pirovard maqsadlari hisoblanadi. Monetar siyosatni amalga oshirishda Markaziy bank, eng avvalo, pul taklifi miqdorini iqtisodiyotning pulga bo’lgan real talabiga muvofiqlashtiradi, muomalada ortiqcha pul massasi paydo bo’lishining va inflyatsiyaning kelib chiqishini oldini olishga qaratilgan choralarni ko’radi.
Dostları ilə paylaş: |