Foiz kanali pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’sir etuvchi an’anaviy kanali hisoblanadi. Markaziy bank foiz stavkasining o‘zgarishi iqtisodiyotdagi umumiy foiz stavkalari darajasiga ta’sir ko‘rsatib, investitsiya/jamg‘arma darajasini o‘zgartirish orqali iqtisodiyotdagi yalpi talabning o‘zgarishiga olib keladi. Yalpi talabning o‘zgarishi, o‘z navbatida, inflyatsiya darajasiga ta’sir etadi.Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi va yalpi talab orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lmasada, foiz stavkasi o‘zgarishining ta’siri boshqa kanallar orqali ham amalga oshadi.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining iqtisodiyotdagi foiz stavkalariga ta’siri bo‘yicha tahlillar ular orasida barqaror bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatmoqda.Ayni vaqtda transmission mexanizm foiz kanalining ta’sirini O‘zbekiston sharoitida cheklangangini banklararo pul bozorining shaffof emasligi va yetarlicha rivojlanmaganligi bilan izohlash mumkin.Xususan, banklararo pul bozorida tijorat banklari faolliyatining sustligi va operatsiyalar hajmlarining kichikligi foiz kanalining samaradorligini pasaytiradi.
2- rasm. Naqd pul muomalasi 2020- yil 7
3- rasm. Jami naqd pul tushumida manbalarning ulushi8
2019 yilning I choragida makroiqtisodiy holat Markaziy bankning asosiy prognozlariga mos ravishda shakllandi. Yalpi ichki maxsulotning real o‘sishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (5,1 foiz) jadallashib, 5,3 foizni tashkil etdi.
Mazkur davrda iqtisodiy o‘sishning asosiy “drayverlari” o‘tgan yillarda bo‘lgani kabi banklar tomonidan kreditlash faolligining oshishi hamda o‘rta darajadagi yumshoq soliq-byudjet siyosatining yuritilishi hisobiga asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalarning yukori darajada o‘sganligi (2018 yilning shu davriga nisbatan 29,3 foizga ko‘p), shuningdek, aholi daromadlari o‘sishining davom etishi kabi omillar bo‘ldi.
Taklif omillari tomondan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarining 6,8 foizga oshishi, shu jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning – 18,3 foizga, qurilish ishlarining – 5,9 foizga va xizmatlar ko‘rsatishning – 11,1 foizga oshishi yalpi ichki mahsulot o‘sishiga asosiy hissa qo‘shdi.
Dostları ilə paylaş: |