Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/14
tarix28.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#62435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Yusufjonov.M Kurs ishi

Mundarija




Kirish

6

Asosiy qism

9

I . PUL – KREDIT SIYOSATI NAZARIY ASOSLARI

9

1.1 Pul – kredit siyosati haqida tushuncha

9

    1. Qattiq va yumshoq pul –kredit siyosati

15

II. PUL – KREDIT SIYOSATI TAHLILI

22

2.1 Makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni ta’minlashda pul –kredit siyosatini o’rni

22

2.2 Pul – kredit siyosati rejimlaridan foydalanishning xalqaro tajribasi

27

III. PUL – KREDIT SIYOSATINI AMALGA OSHIRISH KONSEPSIYASI

31

3.1 Pul – kredit siyosatini amalga oshirishning usul va mexanizmlari

31

3.2 Amaldagi pul- kredit siyosatini takomillashtirish va zamonaviy bozor instrumentlarini joriy etish

35

Xulosa

40

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

42

Kirish
Ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda respublikamizda tarif va pul-kredit sohasida ko‘rilgan chora-tadbirlar inflatsiya darajasini asta-sekin pasaytirish imkonini berdi, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minladi1.Shu bilan birga global moliya-iqtisodiy tizimidagi murakkab va tez o‘zgaruvchan, shuningdek, valyuta munosabatlarini tartibga solishni liberallashtirish sharoitida makroiqtisodiy barqarorlik va aholining turmush darajasini oshirishni ta’minlashga qaratilgan monetar siyosatning amaldagi instrumentlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish talab etilmoqda. 2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.Ushbu yo‘nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‘liq amaliy qadamlar bo‘ldi. Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi.Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq.Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi.Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi.Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar nazarda tutilgan.Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yondashuvlarining qayta ko‘rib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi voqeliklarda pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi2.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin