4-rasm. Inflatsiya va pul agregatlari o’zgarishi dinamikasi9 Shu bilan birga, amalga oshirilgan tahlillar natijasida inflyatsiya darajasi, YaIM deflyatori va pul massasi o‘zgarishi o‘rtasida aniq va barqaror o‘zaro bog‘liqliklar aniqlanmadi.Pul aylanish tezligi va pul multiplikatori ko‘rsatkichlari o‘zgarishi ham ushbu ko‘rsatkichlar dinamikasining o‘zgaruvchan xarakterga ega ekanligini, pul-kredit ko‘rsatkichlarining maqsadli parametrlarini ishlab chiqishda xatoliklarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi.
5-rasm. Pul multiplikatori dinamikasi Umuman olganda, pul massasining YaIM nominal hajmiga nisbatan mo‘tadil darajada o‘sishi inflyatsiya bosimining sezilarli kuchayishini oldini olishga xizmat qildi. Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkichlar o‘rtasida aniq bog‘liqlikning mavjud emasligi rezerv pullar va pul massasi aniq darajasini hisoblash imkoniyatini bermaydi.
6-rasm Pul multiplikatori va aylanish tezligi dinamikasi10 III BOB. PUL – KREDIT SIYOSATINI AMALGA OSHIRISH KONSEPSIYASI 3.1 Pul – kredit siyosatini amalga oshirishning usul va mexanizmlari Valyuta kursini targetlash rejimi milliy valyuta ayirboshlash kursini past va barqaror inflyatsiya darajasiga ega rivojlangan davlatlar valyutasiga bog‘lashni nazarda tutadi.Shuningdek, valyuta kursini targetlashning milliy valyuta ayirboshlash kursi tebranishi mumkin bo‘lgan gorizontal va shartli koridorlarni o‘rnatish hamda real ayirboshlash kursini asosiy savdo hamkor davlatlar valyutalari savatchasiga nisbatan targetlash kabi turlari ham mavjud.Valyuta kursini targetlash rejimi iqtisodiyoti eksport, ayniqsa, xom-ashyo tovarlari eksportiga bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, iste’mol savatida import tovarlari yuqori ulushni tashkil qilgan mamlakatlarda faol qo‘llaniladi.Mazkur rejim iqtisodiy inqiroz kuzatilgan davrlarda inflyatsiya darajasini tez va samarali pasaytirish imkonini beradi. Bunda pul-kredit siyosati faqatgina ayirboshlash kursining maqsadli darajasini ta’minlashga yo‘naltiriladi. Jumladan, valyuta kursi qadrsizlanganda qat’iy pul-kredit siyosati, valyutaning qadri maqsadli darajadan ko‘proq oshganda yumshoq pul-kredit siyosati yuritiladi.Valyuta kursini targetlash rejimi aniqligi va oddiyligi sababli aholi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari va bozorning boshqa ishtirokchilari tomonidan oson tushuniladi.Mazkur rejimning yana bir ijobiy tomoni moliyaviy institutlar yaxshi rivojlanmagan sharoitlarda ham u o‘zining samaradorligini saqlab qoladi. Bunday vaziyatda valyuta kursiga pul-kredit siyosati choralari va valyuta intervensiyalari orqali ta’sir ko‘rsatiladi.Shu bilan birga, kapital oqimlari kuchli bo‘lgan davrlarda ushbu rejimni samarali qo‘llash imkoniyati cheklanadi va iqtisodiy inqiroz davrida markaziy bankning valyuta kursini barqarorlashtirish borasidagi vazifasini qiyinlashtiradi.