Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə27/65
tarix04.10.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#152139
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65
Statistika ma\'ruza kursi 2023

Tanlama kuzatish quyidagi maqsadlarlarda qo’llaniladi: a) vaqt va moddiy-moliyaviy mablag’larni tejashda; b) kuzatish jarayonida sifati buziladigan yoki qiymatini butunlay yo’qotadigan birliklar miqdorini qiskartirishda; v) umumiy to’plam xaddan tashqari ulkan bo’lib, uni yoppasiga kuzatish imkoniyati bo’lmaganda; g) kuzatish ob’ektini to’laroq, chuqurroq o’rganishda; d) yoppasiga kuzatish natijalarini tekshirish, nazorat qilishda.
O’rganilishi lozim bo’lgan to’plam bosh to’plam, tekshirish uchun undan tanlab olingan qismi esa tanlama to’plam deb ataladi. Bosh va tanlama to’plamlar umulashtiruvchi ko’rsatkichlari kuyidagilar bilan tavsiflanadi:
Tanlama kuzatish ma’lumotlari bilan bosh to’plamni tavsiflash ularning umumlashtiruvchi ko’rsatkichlari orqali amalga oshiriladi. Buning uchun tanlama bosh to’plamning barcha muhim xusiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Agar tanlamada bosh to’plamning muhim xususiyatlari namoyon bo’lsa, u reprezentativ (vakolatli) deyiladi.
Tanlama qanchalik reprezentativ bo’lishidan qat’i nazar, bosh va tanlama ko’rsatkichlar o’rtasida doimo tafovutlar bo’ladi. CHunki bosh to’plamda tanlamaga kiritilmagan boshqa birliklar ham bor. Ana shu tafovutlar tanlamaning reprezentativlik xatolari deyiladi. Bu xatolar faqat tanlama kuzatishga xos bo’lib, ular ikki turga bo’linadi: tasodifiy xatolar va muntazam xatolar.



Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar

Bosh to’plamda

Tanlama to’plamda

To’plamdagi birliklar soni

N

n

To’plamda ma’lum xususiyatlarga ega bo’lgan birliklar







a) soni

M

m

b) salmog’i





O’rtacha daraja





Dispersiya








Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin