Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə28/65
tarix04.10.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#152139
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
Statistika ma\'ruza kursi 2023

Tasodifiy xatolar kuzatuvchining xoxishisiz, unga bog’lik bo’lmagan holda sodir bo’luvchi xatolardir.
Muntazam xatolar o’z navbatida ko’zlanmagan va ko’zlangan bo’lishi mumkin. O’lchash asboblarining noaniqligidan, tanlash va kuzatish usullarining kamchiliklaridan ko’zlanmagan muntazam xatolar kelib chiqadi.
Bosh to’plamdan birliklarni tanlab olish qoidalariga karab tanlash kuyidagi usullarda amalga oshirilishi mumkin:

  1. tasodifiy tanlash;

  2. mexanik tanlash;

  3. kombinatsiyali tanlash;

  4. rayonlashtirib tanlash.

Bosh to’plamdan birliklar qur’a yoki chek tanlash yo’li bilan olinsa, bunday tanlash to’la tasodifiy tanlash deyiladi. Tasodifiy tanlash takrorlanuvchi yoki takrorlanmaydigan tartibda o’tkazilishi mumkin. Agar tanlab olingan birlik tanlamaga kirilgandan (ya’ni zaruriy ma’lumotlar yozib olingandan) so’ng yana bosh to’plamga qaytarilsa, tanlash tartibi takrorlanuvchi va aksincha, qaytarilmasa takrorlanmaydigan tanlash tartibi deb ataladi.
Bosh to’plamdan birliklar ma’lum oraliq bo’yicha tanlab olinsa, bunday tanlash mexanik tanlash deb yuritiladi. Mexanik tanlashni amalga oshirish uchun bosh to’plamning birliklari biror belgisi bo’yicha (masalan, alfavit, o’sishi, kamayishi va hokazo) tartib bilan joylashtiriladi va raqamlanadi, so’ngra oraliq kattaligi aniqlanadi. Oraliq kattaligi (i) qilib bosh to’plam miqdorining (N) tanlama miqdoriga (n) nisbati olinadi, ya’ni:
.
Mexanik tanlash mohiyatiga ko’ra faqat takrorlanmaydigan usulda qo’llaniladi, chunki har safar tanlanishi zarur bo’lgan birlikning raqami o’sib boradi.
Bosh to’plam ikki qismga ajratilib, ulardan birliklar mutanosib tarzda turli (tasodifiy va mexanik) usullar bilan tanlab olinsa, bunday tanlash kombinatsiyali tanlash deyiladi.
Tanlanma ko’rsatkichlarda ikki turdagi xatoni aniqlash mumkin:

  1. tanlama ko’rsatkichlardagi o’rtacha xatolar;

  2. tanlama ko’rsatkichlarda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolar.

Reprezentativ o’rtacha xato tanlama to’plam uchun hisoblangan umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar (o’rtacha va salmoq)ning bosh to’plamning umumlashtiruvchi ko’rsatkichlaridan qanchalik tafovut kilishi mumkinligini ifodalaydi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin