Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab - bu firmalarning ishchi kuchiga talabidir. Taklif ishchilar tomonidan bo‘ladi.
Mehnat qilish va dam olish o‘rtasidagi bog‘liqlik. Har bir ishchi oldidagi masala, bu qancha ishlab, qancha dam olish muammosidir. Agar sutkada 24 soat bo‘ladigan bo‘lsa, ishchi 24 soat ishlasa, u so‘mga teng bo‘lgan maksimal daromad olish mumkin (1rasm)
1-rasm. Ish vaqti va dam olish o‘rtasidagi bog‘liqlik
Agar u ishlamasa, uning maksimal dam olishi bir sutkaga, ya’ni, 24 soatga teng bo‘ladi va uning daromadi nolga teng. Ishchining "daromad va bo‘sh vaqti" byudjet chizig‘ini chizig‘i orqali ifodalash mumkin. Ma’lumki, ishchi har doim sutkasiga 24 soat ishlayvermaydi. Tabiiyki, ishchining ish vaqti chegaralangan bo‘ladi, u ma’lum vaqt dam olib, o‘zining ishlash qobiliyatini tiklash kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, dam olish uni ma’naviy o‘sishini ta’minlaydi. Demak, ishchi ma’lum vaqt ishlab, ma’lum miqdorda naf olsa (daromad olsa), u ma’lum vaqt dam olganda ham qandaydir naf oladi (ma’naviy o‘sish, zavqlanish). Demak, ishchini qancha vaqt ishlab, qancha vaqt dam olishi kerakligi to‘g‘risidagi masalani quyidagicha qo‘yish mumkin:
Ishchining ishlash vaqti va dam olish vaqtidan bog‘liq naflik funksiyasini quyidagicha yozamiz:
, (5)
bu erda - naflik funksiyasi; - dam olish vaqti; - ish vaqti.
Demak, ishchi sutkadagi 24 soatni ish vaqtiga va dam olish vaqtiga shunday taqsimlashi kerakki, natijada u maksimal naf olsin:
. (6)
+uyidagi shart bajarilganda:
. (7)
Ushbu masalaning optimal echimini grafik orqali aniqlaymiz (2-rasm).
Dostları ilə paylaş: |