Ishlab chiqarishda boshqaruv


Ba'zi MDH mamlakatlarida yillik inflyatsiya darajasi vaqayta moliyalash stavkalari dinamikasi (foizlarda)32



Yüklə 494,13 Kb.
səhifə10/14
tarix02.01.2022
ölçüsü494,13 Kb.
#47803
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
O'zbekiston Respublikasi pul kredti siyosati

Ba'zi MDH mamlakatlarida yillik inflyatsiya darajasi vaqayta moliyalash stavkalari dinamikasi (foizlarda)32


Davlatlar

2020

2021




Inf*

Qms**

Rfs***

Inf*

Qms**

Rfs***

Rossiya

307,6

215

-92,6

8,8

7,75

-1,05

Ukraina

891,2

252

-639,2

9,1

7,75

-1,35

Belarus

2221,0

480

-1741

7,8

10,5

2,7

Armaniston

36,2

210

173,8

8,2

7,25

-0,95

Ozarbayjon

1664,5

200

-1464,5

5,7

3,0

-2,7

Qozog'iston

1876,5

230

-1646,5

7,8

7,0

-0,8

Qirg'iziston

1208,7

94,1

-1114,6

8,0

5,64

-2,36

O'zbekiston

1132,2

225

-907,2

7,3

14,0

6,7

*Inflyatsiya darajasi; **Qayta moliyalash stavkasi; ***Real foiz stavkasi
Shunday holatda moliya bozorining mavjud bo'lmasligi va moliya sektorining yaxshi rivojlanmaganligi iqtisodiyotda qayta moliyalash stavkasi rolini pasaytirar edi. Shuning uchun o'tish iqtisodiyotining boshlang'ich yillarida barcha MDH mamlakatlaridagi kabi manfiy real foiz stavkalari kuzatildi.

Hozirda Markaziy bank milliy valyutamiz barqarorligini ta'minlash maqsadida, xalqaro amaliyotga mos ravishda monetar siyosatni amalga oshirmoqda va shundan kelib chiqqan holda, bugungi rivojlanishdagi asosiy e'tibor iqtisodiyotda foiz stavkalarining ta'sirchanligini bosqichma-bosqich kuchaytirishga qaratilmoqda.




Ammo mamlakatimizda o'tish davrining dastlabki yillaridagi zaruriyat tufayli, iqtisodiyotning ustuvor yo'nalishlarini mablag' bilan ta'minlash uchun

32 Xalqaro valyuta fondi ma'lumotlari, International Financial Statistics

Markaziy bank tomonidan ajratilgan markazlashgan kreditlar qayta moliyalash stavkasi asosida emas, Hukumat qarorlari asosida imtiyozli foizlarda berildi.

Pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish va mavjud qoidalarni bozor usullariga moslashtirish maqsadida ushbu sohada yangi mexanizmlar amaliyotga kiritildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 fevraldagi

«Pul-kredit ko'rsatkichlarini tartibga solish mexa-nizmini takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida»gi 63-sonli Qaror qabul qilinishi bilan pul-kredit siyosatini olib borishda bozor iqtisodiyoti qoidalariga amal qilish bo'yicha bir qator ijobiy muhim ishlar amalga oshirildi. Jumladan, byudjet taqchilligini qoplash uchun markazlashgan imtiyozli kreditlar ajratish amaliyotiga chek qo'yildi va avval ajratilgan kreditlar qaytarilishi bo'yicha choralar ko'rib borildi.

Kredit siyosatining bozor mexanizmlaridan keng foydalanilishi tez orada o'zining ijobiy natijalarini bera boshladi. Xususan, Markaziy bank olib borilayotgan monetar siyosatni, jumladan foiz siyosatini barqarorligini ta'minlashda inflyatsiya darajasining pasayishi va pul bozoridagi holatdan kelib chiqqan holda qayta moliyalash stavkasini pasaytirib bordi. 2018 yilning boshlanishida bu ko'rsatkich 84 foiz bo'lgan bo'lsa, 2021 yilga kelib 24 foizni,

2019 yilda 14 foizni va 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab 12 foizni tashkil qilmoqda (5-rasmga qarang).

Inflyatsiyaning past darajada bo'lishi natijasida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining pasaytirilishi milliy valyutamiz barqarorlashib borayotganligidan dalolat beradi va real ishlab chiqarish hajmining o'sishiga xizmat qiladi.

So'nggi davrda qayta moliyalash stavkasi iqtisodiyot ishtirokchilariga inflyatsiya darajasi tendentsiyasi haqida ma'lumot berish vositasi bo'lib xizmat qilmoqda. Bunda, ayniqsa, kreditlash va depozitga jalb qilish faoliyati bilan shug'ullanayotgan moliyaviy tashkilotlar ushbu ko'rsatkichda nnarxlar o'zgarishi bo'yicha mo'ljal sifatida foydalanib kelmoqdalar. Buni tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar bo'yicha foiz stavkalari dinamikasidan kuzatish mumkin.




  1. rasm.

Qayta moliyalash stavkasi va kreditlar bo'yicha foiz stavkalari dinamikasi34




Jumladan, inflyatsiya darajasi va qayta moliyalash stavkasi yuqori bo'lgan davrda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar bo'yicha foiz stavkalari, masalan 2019 yilda 33,7 foizni tashkil qilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2020 yilga kelib 13,6

foizgacha pasaydi. Bu esa kreditlarning arzonlashayotganligidan va hamma uchun qulay bo'layotganligidan dalolat bermoqda. Jumladan, 2020 yilda tijorat banklarining kredit portfelida uzoq muddatli kreditlar ulushining oshishini rag'batlantirishga qaratilgan foiz siyosatining olib borilishi natijasida uzoq muddatli kreditlar bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasi 13,5 foizdan 12,2 foizga pasaydi (4-rasmga qarang).

Markaziy bank tomonidan pulga bo'lgan real talabdan kelib chiqib qayta moliyalash stavkasining bosqichma-bosqich pasaytirib borilishi, respublikamizda makroiqtisodiy rivojlanishni ta'minlashga xizmat qilmoqda.





    1. Yüklə 494,13 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin