Ishlab chiqarishda boshqaruv


Markaziy bank diskont siyosatining tijorat banklarida pul-kredit faoliyatiga ta'siri tahlili



Yüklə 494,13 Kb.
səhifə11/14
tarix02.01.2022
ölçüsü494,13 Kb.
#47803
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
O'zbekiston Respublikasi pul kredti siyosati

Markaziy bank diskont siyosatining tijorat banklarida pul-kredit faoliyatiga ta'siri tahlili


2021 yilda pul-kredit siyosati “Monetar siyosatning 2021 yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari” asosida amalga oshirilib, iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor vazifalari, xususan belgilangan makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning so'zsiz bajarilishini ta'minlashga qaratildi. Bunda, yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'atlariga muvofiq iqtisodiyotning pulga bo'lgan oshib borayotgan talabini to'liq qondirish va bank tizimi likvidligini maqbul darajada saqlab turish orqali inflyatsiya darajasini belgilangan maqsadli parametridan oshirmaslik maqsadida Markaziy bank o'z tasarrufidagi pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalandi.

Ochiq bozordagi operatsiyalar muomaladagi pul massasini boshqarish, bank tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta'minlovchi asosiy instrumentlardan biri sifatida Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda keng qo'llanilib kelinmoqda.

Markaziy bank tomonidan pul-kredit ko'rsatkichlarining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda, to'lov balansining ijobiy saldosi hisobiga shakllangan qo'shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish operatsiyalari o'tkazilib borildi. Jumladan, 2020 yilda tijorat banklari mablag'larini Markaziy bankning

maxsus depozitlariga jalb qilish operatsiyalari hajmi 2021 yilga nisbatan 1,4 martaga oshib, 4,3 trln. so'mni tashkil qildi (5-rasmga qarang). 2021 yil davomida Markaziy bank tomonidan pul bozorida tashqi savdo balansining ijobiy saldosi va bank tizimi sof tashqi aktivlarining ko'payishi hisobiga shakllangan qo'shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish operatsiyalarining muntazam ravishda o'tkazib borilishi orqali iqtisodiyotdagi inflyatsion bosimning oldi olindi. O'tgan yilda Markaziy bank tomonidan pul massasini prognoz ko'rsatkich doirasida ushlab turish maqsadida amalga oshirilgan sterilizatsiya operatsiyalarining hajmi 2020 yilga nisbatan 1,4 martaga oshib, 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra 5,9 trln. so'mni tashkil qildi.



  1. rasm.

Yüklə 494,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin