Ishlab chiqarishda boshqaruv



Yüklə 494,13 Kb.
səhifə13/14
tarix02.01.2022
ölçüsü494,13 Kb.
#47803
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
O'zbekiston Respublikasi pul kredti siyosati

Xulosalar

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda monetar siyosatning bevosita vositalari asosida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga sezilarli darajada hissa qo'shildi. Bu esa Markaziy bankka monetar siyosat samaradaorligini oshirish imkonini berdi.

Shuningdek, yuqorida qayd etilgan muammolar monetar vositalardan foydalanish amaliyotining hozirgi davridagi asosiy muammolari hisoblanadi. Ularni hal etishning ilmiy-amaliy echimlari va chora-tadbirlarini ishlab chiqish, o'z navbatida, mamlakatimiz bank tizimida monetar siyosat samardorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Umuman olganda, O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan makroiqtisodiy siyosat va Markaziy bankning monetar siyosati bu – milliy valyutadagi aholi daromadini oshirish orqali milliy valyutadan manfaatdorlikni oshirishga qaratilgandir. Shuningdek, Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan samarali valyuta siyosati bank moliya tizimiga o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Shuningdek, ichki valyuta bozoridagi barqarorlikni va so'mning almashuv kursining belgilangan koridor doirasida bo'lishini ta'minlash maqsadida, Markaziy bank banklararo valyuta bozorida oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirishi lozim. Markaziy bank, zarur hollarda, pul bozorida so'nggi instantsiyadagi kreditor sifatida, tijorat banklariga ularning likvidligini saqlash maqsadida, qisqa muddatli kreditlar ajratish faoliyatini davomiyligini ta'minlashi kerak. Bank tizimi likvidligini tartibga solish tizimini bozor tamoyillari asosida yanada takomillashtirish foiz siyosatining samaradorligini oshirish va pul bozorida foiz xatarlarini pasaytirish imkonini beradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mustaqillikning ilk davridayoq yillarida biz mustahkam poydevorga ega bo'lgan bank tizimini shakllantirdik va rivojlantirdik. Bizning bank tizimimiz mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, xalq farovonligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirish ishiga bundan buyon ham o'zining salmoqli hissasini qo'shib boradi.


Yüklə 494,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin