Ishlab chiqarishda boshqaruv


II-BOB. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning pul-kredit siyosatini samarali tashkil etishning amaldagi holati tahlili



Yüklə 494,13 Kb.
səhifə8/14
tarix02.01.2022
ölçüsü494,13 Kb.
#47803
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
O'zbekiston Respublikasi pul kredti siyosati

II-BOB. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning pul-kredit siyosatini samarali tashkil etishning amaldagi holati tahlili


    1. Markaziy bank diskont siyosatining tijorat banklarida pul-kredit faoliyatiga ta'siri

Markaziy bankning diskont siyosatida qayta moliyalash stavkasi instrumentidan pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o'sish jarayonlarini rag'batlantirish maqsadida keng foydalaniladi. Shuningdek, Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatining asosiy va zamonaviy vositalaridan biri bo'lgan qayta moliyalashstavkasidan kreditga bo'lgan talabni boshqarish va muomaladagi pul massasi hajmini tartibga solish orqali narxlaro'sishini jilovlash va pasaytirish maqsadida foydalanildi.

Inflyatsiya darajasi, pul massasi hajmining va boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning belgilangan maqsadli parametrlaridan kelib chiqib Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2021 yilda yillik 12 foiz miqdorida saqlab qolindi.

Qayta moliyalash stavkasining ushbu darajada ushlab turilishi pul bozorida moliyaviy resurslarga bo'lgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real sektor korxonalarining investitsion imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklarining resurs bazasining barqarorligini ta'minlashga xizmat qilmoqda.

Respublikadagi barqaror makroiqtisodiy holat va yuritilayotgan qat'iy pul- kredit siyosati pul va moliya bozorlaridagi foiz stavkalari, jumladan tijorat banklarining kreditlari va depozitlari bo'yicha foiz stavkalari dinamikasida o'z aksini topmoqdi. Xususan, 2021 yilda pul bozoridagi foiz stavkalarini qayta moliyalash stavkasiga yaqinlashtirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida banklararo pul bozoridagi operatsiyalar bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasi yil boshidan buyon 0,3 foiz bandga o'sib, dekabr oyida 11,0 foizni tashkil etdi. Aholi real daromadlarining o'sishi, bank tizimiga bo'lgan ishonchning ortib borishi hamda iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarning pasayishi kabi omillar

ta'sirida, 2021 yil davomida jismoniy shaxslarning tijorat banklaridagi depozitlari bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasi yil boshidagi 9,6 foizdan dekabr oyining oxirida 6,4 foizgacha, yuridik shaxslarning jamg'arma va muddatli depozitlar bo'yicha stavka esa 6,8 foizdan 6,0 foizgacha pasaydi.


      1. rasm.


Yüklə 494,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin