Pul-kredit siyosatining bilvosita instrumentlari (qayta moliyalash, majburiy zaxiralar va ochiqbozordagi operatsiyalar) orqali amalga
oshirilgan operatsiyalar hajmining dinamikasi35
. . . . . . . . .
й й й й й й й й й 4 5 6 7 8 9 0 1 2
0 0 0 0 0 0 1 1 1
0 0 0 0 0 0 0 0 0
2 2 2 2 2 2 2 2 2
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
Hozirgi paytda xalqaro bank amaliyotida ochiq bozor operatsiyalari pul- kredit siyosatining asosiy vositasi hisoblanadi va odatda Markaziy bank tomonidan yirik banklar hamda boshqa moliya-kredit muassasalari hamkorligida
amalga oshiriladi. O'zbekistonda ham pul-kredit siyosatini amalga oshirishda, shuningdek, pul massasini samarali tartibga solishda ushbu vositadan keng foydalanib kelinmoqda. Davlat byudjetining taqchilligini noinflyatsion qoplash manbasi bo'lgan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) 1996 yili mart oyida muomalaga chiqarila boshlandi. Shu vaqtdan boshlab davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari bozori tez rivojlana bordi va qisqa muddatda u moliya bozorining asosiy vositalaridan biriga aylandi. 1996 yildan davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining(DQMO) muomalaga chiqarilishi, byudjet taqchilligini moliyalashtirishning noinflyatsiyaviy manbasi bo'lib, 1997 yilda 1996 yilga nisbatan byudjet kamomadini emissiyaviy qoplanishini 2 martaga kamaytirishga xizmat qildi. Ikkinchi tomondan esa, DQMOlar tijorat banklari uchun o'zmablag'larini risksiz aktivlarga yo'naltirish va daromad olish manbaiga aylangan bo'lsa, Markaziy bank uchun ochiq bozordagi operatsiyalarni amalga oshirish imkonini berdi.
Ta'kidlash joizki, Vazirlar Maxqamasining 2003 yil 4 fevraldagi «Pul- kredit ko'rsatkichlarini tartibga solish mexaniz-mini takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida»gi 63-sonli Qarori Markaziy bank tomonidan pul massasi ustidan yanada samarali nazoratni ta'minlash imkoniyatlarini yaratdi. Mazkur qarorga asosan pul agregatlarini tartibga solishning yangi mexanizmlari joriy etildi. Xususan, 2005 yilda pul massasi o'sishini tartibga solish, pul bozorini rivojlantirish va monetar siyosatning bozor vositalaridan keng foydalanish hamda monetar siyosat samaradorligini oshirish borasida muntazam ravishda tegishli chora-tadbirlar ko'rib borildi. Mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda, pul massasi o'sishining choraklik va yillik maqsadli prognozlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borish ishlari yanada kengaytirib borildi. Jumladan, pul bozoridagi holat, xususan, banklararo pul bozoridagi depozit va kredit foiz stavkalarining hamda pul agregatlarining o'zgarishi, ularga ta'sir etuvchi omillar bo'yicha doimiy ravishda tahlillar va monitoringishlari olib borildi. Mazkur qaror asosida, kassa rejalarini shakllantirish tizimi bekor qilindi. Pul massasi ustidan samarali nazoratni ta'minlash imkonini beruvchi pul agregatlari, bank tizimining likvidligi va pulga bo'lgan talabning faktorlar bo'yicha tahlili va dinamikasini modellashtirish hamda tijorat banklariniig likvidligini qisqa muddatli tartibga solishning bozor vositalari, shu jumladan foiz stavkalari va majburiy zaxiralar normasini boshqarish, valyuta depozitlari, davlat qimmatli qog'ozlari va boshqa birinchi darajali aktivlar garovi asosida kreditlar berish va ularni jalb qilish usulidan keng foydalanish ko'zda tutildi.
Markaziy bank tomonidan depozit operatsiyalarining «overnayt» (1 kun muddatga), «tom-nekst» (1 kun muddatga, keyingi kundan boshlab), «spot-nekst» (1 kun muddatga, 2 kundan so'ng), «1 hafta», «2 hafta» shartlari asosida o'tkazilib borildi. Ushbu tadbir tijorat banklaridagi ortiqcha mablag'larni Markaziy bankka jalb qilish, muomaladagi pul massasini kamaytirish asosida inflyatsiya sur'atlarini yanada pasaytirishga qulay shart-sharoitlar yaratdi.
Mazkur vositalarni bozor sharoitiga mos holda takomillashtirilishi tijorat banklariniig likvidligini boshqarishning qulay vositalaridan biri sifatida REPO (qimmatli qog'ozlarni qaytarib sotib olish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimi) operatsiyalarini yanada kengayishiga hissa qo'shmoqda. Shuningdek, Markaziy bank tomonidan davlat qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish bo'yicha faol ishlar olib borilmoqda. Davlatning o'rta muddatli obligatsiyalarini joylashtirish bo'yicha doimiy kimoshdi savdolari o'tkazilmoqda.
Bundan tashqari, Markaziy bank ochiq bozordagi operatsiyalar hajmini oshirish maqsadida, monetar siyosatning bozor mexanizmlaridan keng foydalanilgan holda,o'zining obligatsiyalari bilan ham moliya bozorida qatnashib bordi.
Markaziy bank obligatsiyalari bilan amalga oshirilgan savdolar hajmi yildanyilga ortib bordi. Xususan, 2020 yilda Markaziy bankning yuridik shaxslarga mo'ljallangan obligatsiyalarini joylashtirish bo'yicha jami 17 ta kimoshdi savdosi o'tkazilib, ularda joylashtirish uchun e'lon qilingan obligatsiyalar hajmi 20,0 mlrd. so'mni tashkil etdi va ular bo'yicha to'lanadigan foizlar yuridik shaxslar uchun 9,5 foizni tashkil qildi.
Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqarilgan davlat o'rta muddatli obligatsiyalari bilan birlamchi va ikkilamchi bozorlarda oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish davom ettirildi.
2020 yilda Moliya vazirligi tomonidan yuridik shaxslar uchun chiqarilgan obligatsiyalarni joylashtirish bo'yicha o'tkazilgan auktsion savdolarida 23,6 mlrd. so'mlik obligatsiyalar joylashtirildi. Bunda, 17,9 mlrd. so'mlik obligatsiyalar birlamchi savdolarda, qolgan 5,7 mlrd. so'mlik obligatsiyalar esa ikkilamchi savdolarda qo'shimcha joylashtirildi.
2021 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra muomaladagi davlat o'rta muddatli obligatsiyalari hajmi 53,0 mlrd. so'mni tashkil etib, shundan 42,0 mlrd. so'mi (yoki 79,9 foizi) banklar hissasiga, qolgan 11,0 mlrd. so'mi (yoki 20,1 foizi) korxonalar hissasiga to'g'ri keladi. Ushbu obligatsiyalar bo'yicha o'rtacha yillik daromadlilik 5,8 foizni tashkil etdi.
Markaziy bank pul-kredit ko'rsatkichlari, jumladan yalpi pul massasining belgilangan darajada bo'lishini ta'minlashva oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hisobiga muomalaga chiqarilgan ortiqcha pul massasini qaytarib olish maqsadida tijorat banklarining mablag'larini depozitlarga jalb qilish bo'yicha operatsiyalarni muntazam ravishda amalga oshirib bordi.
Iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish maqsadida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2021 yilning 1 yanvaridan yillik hisobda 14 foizdan 12 foizgacha tushirildi va hozirgacha o'zgartirilmasdan saqlab turildi. Bu esa, o'z navbatida pul bozorida foiz stavkalarining pasayishiga olib kelib, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar xarajatlarining kamayishi va buning natijasida ularning investitsion faolligini oshirishga xizmat qildi.
2020 yilda jismoniy shaxslarning tijorat banklaridagi depozitlari bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkalari yil boshidagi 9,9 foizdan yil oxirida 9,6 foizgacha tushdi. Yuridik shaxslarning jamg'arma va muddatli depozitlar bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkalari 2013 yil davomida 6,1 foizdan 5,9 foizgacha pasaydi.
Aholi real daromadlarining o'sishi, bank tizimiga bo'lgan ishonchning ortib borishi hamda iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarning pasayishi kabi omillar ta'sirida, 2021 yil davomida jismoniy shaxslarning tijorat banklaridagi depozitlari bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasi yil boshidagi 9,6 foizdan dekabr oyining oxirida 6,4 foizgacha, yuridik shaxslarning jamg'arma va muddatli depozitlar bo'yicha stavka esa 6,8 foizdan 6,0 foizgacha pasaydi.
2021 yilda iqtisodiyotning pulga bo'lgan talabi to'liq qondirilgani holda pul-kredit ko'rsatkichlari va inflyatsiyaning belgilangan maqsadli parametrlar doirasida bo'lishini ta'minladi.
O'z navbatida, bank tizimining barqarorligi, aholi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlariga ko'rsatiladigan bank xizmatlarini yanada kengaytirish, sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bank tizimi moliyaviy vositachilik rolining mustahkamlanishiga olib kelmoqda.
Pul bozoridagi moliya institutlarini shakllantirish jarayonida majburiy rezervlar siyosati iqtisodiyotdagi pul massasini tartibga solish hamda buning natijasida Markaziy bankda saqlaniladigan majburiy zaxiralarning banklar likvidligini tartibga solish qo'shimcha vositasi sifatida qo'llanildi. Markaziy bank mazkur instrumentdan, bir tomondan ushbu maqsadlarda foydalangan bo'lsa, ikkinchi tomondan banklarning uzoq muddatli resurslari miqdorini oshirishga qaratilgan siyosat yuritishda foydalanmoqda. O'tgan davrda tijorat banklari tomonidan mablag'larni Markaziy bankda majburiy zaxiralarda saqlash tartibi ham takomillashtirib borildi.
O'zbekistonda Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatining ushbu vositasidan pul massasini tartibga solish vositasi sifatida 2020 yildan boshlab foydalanib kelinmoqda.
Milliy valyutaning muomalaga kiritilishi va qat'iy pul-kredit siyosatining olib borilishi natijasida 2018-2021 yillarda inflyatsiya sur'atlari sezilarli darajada pasaydi. Natijada tijorat banklarining real sektorga kredit berish faoliyatlarini rag'batlantirish maqsadida majburiy zaxira talablari me'yorlari ham pasaytirildi. Ushbu me'yor 2019 yilning iyulidan e'tiboran 30 foizdan 25 foizgacha tushirildi.
Milliy valyutaga bo'lgan ishonchni oshirish, bank tizimi uchun mablag'larning barqaror manbaasini shakllantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2020 yilda O'zbekiston Respublikasining
«Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga muvofiq tijorat banklariga fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash tizimi yaratildi. Ushbu qonundan kelib chiqqan holda tijorat banklariniig jismoniy shaxslardan jalb qilgan depozitlari majburiy zaxira fondiga deponentlashdan ozod qilindi.
Shuningdek, Markaziy bankda majburiy zaxiralarga deponentlashning o'rtacha oylik metodologiyasiga o'tilishi (oy oxiridagi ma'lumotlardan foydalanish o'rniga) pul kredit siyoeatining ushbu vositasidan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.
Markaziy bank tijorat banklariniig moliyaviy ahvolini yaxshilash va likvidligini oshirish hamda pul massasi o'sishini cheklash maqsadida, xalqaro bank amaliyoti tajribasidagi o'rnatilgan me'yorlardan kelib chiqib, 2002 yildan tijorat banklari tomonidan mablag'larni Markaziy bankda majburiy zaxiralashning yangi tartibini (o'rtacha oylik) amaliyotga tatbiq etdi. Ushbu tartibning joriy etilishi pul-kredit sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi, ya'ni pul multiplikatorini pasaytirish orqali muomaladagi pul massasini birmuncha kamaytirish imkonini berdi.
Xalqaro bankchilik tajribasini o'rgangan holda yangi tahrirdagi «Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi to'g'risida»gi Nizom ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2020 yil 18 yanvarda 1444-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazildi va 1 fevraldan kuchga kiritildi.
Ushbu Nizomga asosan milliy valyutadagi depozitlar uchun majburiy zaxira talablari me'yori 20 foizdan 15 foizgacha tushirildi va xorijiy valyutadagi
depozitlar uchun esa 5 foiz miqdorida majburiy zaxira talablari qo'llanila boshlandi.
Keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020 yil 16 iyuldagi qaroriga asosan, majburiy zaxiralar miqdori 2021 yil 1 avgustdan e'tiboran jalb qilingan depozitlar va omonatlar turlari bo'yicha barcha banklar uchun bir xilda, milliy valyutada jalb qilingan depozitlar bo'yicha - 15 foiz, xorijiy valyutada jalb qilingan depozitlar bo'yicha - 8 foiz qilib belgilandi.
Pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda hamda tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli depozitlar jalb qilinishini yanada rag'batlantirish maqsadida, 2009 yilning 1 sentyabridan majburiy rezervlar normasi tijorat banklari depozitlarining muddatiga qarab tabaqalashtirildi. Jumladan, majburiy rezervlar normasi, muddati 1 yilgacha bo'lgan depozitlar bo'yicha - 15 foiz, muddati 1 yildan 3 yilgacha bo'lgan depozitlar uchun - 12 foiz, muddati 3 yildan ortiq bo'lgan depozitlar bo'yicha - 10,5 foiz miqdorida o'rnatildi. 2021 yilda inflyatsiya va pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib chiqib hamda tijorat banklarida uzoq muddatli resurs bazasini yanada kengaytirish maqsadida, majburiy rezervlar normasi, yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha va 1 yilgacha bo'lgan muddatga jalb qilingan depozitlar uchun – 15 foiz, 1 yildan 3 yilgacha bo'lgan depozitlar uchun – 12 foiz, 3 yildan ortiq
bo'lgan depozitlar uchun – 10,5 foiz miqdorida o'zgartirilmasdan qoldirildi.
2013 yilda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezervlari hajmi 207 mlrd. so'mga ko'paydi 2021 yilda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezervlari hajmi 443 mlrd. so'mga yoki yil boshiga nisbatan 31,8 foizga ko'paydi. 2012-2021 yillar oralig'ida tijorat banklarining majburiy zaxiralari 2 martadan ko'proqqa ortib, qariyb 1,8 trln. so'mga etdi.
Dostları ilə paylaş: |