Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


 Qo‘shilgan kapital hisobi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/318
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155163
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   318
hisob siyosati

 
16.3. Qo‘shilgan kapital hisobi. 
Korxonada qo‘shilgan kapital hisobi quyidagi hisobvaraklarda yuritiladi: 
8410-"Emission daromad"; 
8420-"Ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha kursdagi farq". 
Ushbu hisobvaraklar passiv bo‘lib, ular oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha nominal 
qiymatdan yuqori bahoda olingan summalarni va ularning harakatini umumlashtirish uchun 
mo‘ljallangan. 
Korxonada 
qo‘shilgan kapital 
quyidagi operasiyalar natijasida vujudga kelishi mumkin: 
-emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatdan yuqori bahoda aksiyalar 
birlamchi sotilishida; 
-kursdagi farqni keltirib chiqaruvchi xorijiy investisiyali korxonalar ustav kapitalini 
shakllantirish paytida. 
Misol. 
Nominal qiymati 500 so‘m bo‘lgan aksiyalar 750 so‘mga sotildi. 
Dt 5110-"Hisob-kitob schyoti" -750 so‘m; 
Kt 4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari" -600 so‘m; 
Kt 8410-"Emission daromad" - 250 so‘m. 
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 8410-"Emission daromad" hisobvaragi krediti bo‘yicha 
faqatgina aksiyalarning birlamchi emissiyasi paytidagi nominal qiymatidan ortiqcha summa 
hisobga olinadi. Mazkur summa foyda solig‘iga tortish obekti bo‘lib hisoblanmaydi. * Sotish 
bahosidan past narxlarda sotib olingan aksiyalarni sotishda va summalar kamomadida 8410-
"Emission daromad" hisobvaragida zarar aks ettiriladi. 
Misol. 
200 so‘mlik nominal qiymatli, dastlab 240 so‘mdan sotilgan aksiyalar 260 so‘mdan 
sotib olindi, keyin esa ikkinchi marta 200 so‘mdan sotildi: 
Dt 5110-"Hisob-kitob schyoti" - 200 so‘m; 
Dt 8410-"Emission daromad"- 40 so‘m; 
Dt 9690-"Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar" - 20 so‘m; 
Kt 8610--"Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar" - 260 so‘m. 
Qo‘shma korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan 
o‘tkazish paytidagi va ustav kapitaliga amalda valyuta va valyuta boyliklariga oid badallarni 
kiritish paytidagi valyuta kurslarining farqdanishi natijasida kursdagi tafovut yuzaga keladi. 
Misol. 
Ta’sis shartnomasiga muvofiq qushma korxona-ning ustav kapitalida chet zllik 
muassisning ulushi 200 ming dollardan iborat. Hujjatlarni ro‘yxatga olish paytida 1$ 300 
so‘mga teng bo‘lganligini hisobga olgan holda, uning ulushi 60000 ming so‘m, deb 


339 
baholandi. Biroq pul mablag‘lari bilan badallar to‘lash paytida 1$ 310 so‘mga teng bo‘lgan. Bu 
esa korxona so‘m hisobida 200 ming dollarni olib, 60000 ming so‘m emas, balki 62000 
so‘mga ega bo‘ladi, degan ma’noni anglatadi. Bu tafovut 2000 (62000-60000)ming so‘m 
ko‘shimcha sarmoyaga kiritiladi: 
Dt 5210-"Mamlakat ichkarisidagi valyuta mablag‘lari"-62000 ming so‘m; 
Kt 4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari"-60000 ming so‘m; 
Kt 8420-"Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farq" -2000 ming so‘m. 
Biroq кейинчалик хорижий валyuтадаги пулга оид моддалар hар бир hисобот даври 
yaкунланадиган санада qайта баhоланади, бу qайта баhолаш натижаси келгуси даврлар 
даромади ёки харажатларига о‘тказилади. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin