Ta’sischilar bilan hisoblashishlar. Korxona ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali summasiga
korxona oldida muassislarning qarzi vujudga keladi. Ta’sischilarning ustav kapitaliga bo‘lgan
qarzlari bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblarning hisobi 4610-"Ustav kapitaliga badallar
bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari" hisobvarag‘ida olib boriladi.
4610-hisobvaraq aktiv bo‘lib, debet saldosi ta’sischilarning oy boshiga bo‘lgan saldosini
ko‘rsatadi. Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan ta’sischilarning qarzlarini aks ettirsa,
kredit aylanmasi ta’sischilar tomonidan o‘tkazib berilgan pul mablag‘lari, moddiy qiymatliklar
va mulklar qiymatini ko‘rsatadi.
Ta’sischilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobini yuritish uchun asos
bo‘lib ta’sis hujjatlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish
dalolatnomalari, kirim kassa orderlari va boshqalar hisoblanadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali summasiga 4610-"Ustav kapitaliga badallar
bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari" hisobvarag‘i debetlanib, 8310-"Oddiy aksiyalar", 8320-
"Imtiyozli aksiyalar" va 8330-"Paylar va ulushlar" hisobvaraqlari kreditlanadi.
4610-"Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha qarzlari" schyoti bo‘yicha yozuvlar t/r
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
Hisobvaraqlar
korrespondensiyasi
debet
kredit
1.
Ustav
kapitaliga
ulushlari
bo‘yicha
ta’sischilar
qarzlarining tashkil etilishi
4610
8310
8320
8330
2.
Ta’sischilar qarzlarining asosiy vositalar tarzida
to‘lanishi
0110-0190
4610
3.
Ta’sischilar qarzlarining nomoddiy aktivlar tarzida
to‘lanishi
0410-0490
4610
4.
Ta’sischilar qarzlarining pul mablag‘larini berish yo‘li
bilan to‘lanishi
5010 5110 5210 4610