340
Asosiy vositalar kabi qimmatli qogozlar ham qayta baholanadi.
Misol.
Korxonada balans qiymati 80000 so‘mlyak qimmatli qogoz bor. Ularning hisobot
davri oxiridagi bozor qiymati 85000 so‘mga teng bo‘lgan.
Agar korxona o‘z investisiyalarini qayta baholangan qiymat bo‘yicha hisobga olsa, u holda
qayta baholashdan olingan daromad rezerv kapital hisobvaraqlarida aks ettiriladi:
Dt 0610-"Qimmatli qogozlar" -5000 so‘m;
Kt 8510-"Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" -5000 so‘m.
Agar keyingi hisobot davriga kelib bu qimmatli qogozlarning bozor qiymati kamaysa, unda
mazkur qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha avvalgi qayta baholash
doirasida rezerv kapitalini
kamaytirish hisobiga uni qoplash mumkin. Bu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tashkil etilgan
rezervdan oshuvchi narxning pasayish summasi xarajat sifatida tan olinadi.
Misol.
Qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati 78000 so‘mga
tushib ketgan, ya’ni 7000 so‘mga
kamaygan:
Dt 8510-"Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" -5000 so‘m;
Dt 9690-"Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar" -2000 so‘m;
Kt 0610-"Qimmatli qogozlar" -7000 so‘m.
AJ rezerv kapitali ustavda belgilangan miqdorga yetguniga qadar har yili sof foydadan
ajratmalar yo‘li bilan shakllantiriladi:
Dt 8710-"Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)";
Kt 8520-"Rezerv kapital".
Rezerv kapitali korxona ko‘rgan zararini qoplash, imtiyozli aksiyalar uchun dividend
to‘lash, aksiyadorlar talabiga ko‘ra aksiyalarni qayta sotib olish uchun ishlatiladi.
Masalan,
hisobot davrida foyda mavjud bo‘lmaganida imtiyozli aksiyalar uchun dividendlar
to‘landi:
Dt 8520-"Rszerv kapital";
Kt 6610-"To‘lov uchun dividendlar".
Korxona tugatilayotganida turli debitorlarning qarzlari hisobdan chiqarildi:
Dt 8520-"Rezerv kapital";
Kt 4010-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar".
Ta’sis hujjatlari va hisob siyosatiga muvofiq turli maqsadlar
uchun rezerv fondi boshqa
mulkchilik shaklidagi korxonalarda ham tashkil etilishi mumkin.
Mol-mulk tekinga olinganida quyidagi provodka beriladi:
Dt 0110-0190-"Asosiy vositalar";
Dt 0410-0490-"Nomoddiy aktivlar";
Dt 0610-"Qimmatli qog‘ozlar";
Dt 1010-"Xom-ashyo va materiallar";
341
Kt 8530-"Beg‘araz olingan mol-mulk".
Amaldagi qonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk qiymati foyda solig‘i bazasini
oshiradi. Bepul olingan mol-mulk ekspert yo‘li bilan yoki o‘tkazma
hujjatlar asosida
aniqlangan adolatli qiymat bo‘yicha hisobda aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: