Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi va itemolchi ortiqchaligi Reja


Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix01.03.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#86139
1   2   3   4   5   6
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi va itemolchi ortiqchaligi Reja

1.Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi ishlab chiqaruvchi tomonidan 
olingan umumiy manfaatni bildiradi.Bir xil ishlab chiqaruvchilar uchun 
bir birlik mahsulot xarajatlari bozor narxiga teng bo’lsa, boshqa ishlab 
chiqaruvchi uchun ushbu xarajatlar bozor narxidan kichikdir. Demak, 
ishlab chiqaruvchilar ushbu tovarni sotishdan foyda, ya’ni ortiqcha 
manfaat oladilar. Har bir tovar uchun ushbu ortiqcha manfaat tovarning 
bozor narxi bilan uni ishlab chiqarishdagi chekli xarajati o’rtasidagi 
farqga teng bo’lib, uni ishlab chiqaruvchi oladi.Bu farq bir birlik 
mahsulotdan oladigan foyda bilan ishlab chiqarishdagi har qanday rentani 
qo’shilganiga teng.Umuman ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi bu barcha 
ishlab chiqaruvchilar tomonidan olinadigan foydalarning umumiy 
yig`indisidir.Bozor uchun umumiy ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi taklif 



chizig`idan tortib to bozor narxi chizig`igacha bo’lgan oraliqdagi yuzaga 
teng.Rasmdagi shtirxlangan uchburchak iste’molchi ortiqchaligini 
ifodalaydi. Iste’molchi ortiqchaligi ishlab chiqaruvchilarning umumiy sof 
foydasini o’lchashga yordam berishini e’tiborga olsak, biz bu ko’satkich 
yordamida davlatning bozorga aralashuvidan olinadigan qo’shimcha 
foyda yoki zararni iste’molchi ortiqchaligining natijaviy o’zgarishni 
o’lchash yordamida aniqlashimiz mumkin.Iste’molchi va ishlab 
chiqaruvchi ortiqchaligi yordamida davlatning iqtisodiy siyosatini 
baholash mumkin. Biz oldingi boblarning birida narxlarni davlat 
tomonidan nazorat qilinishi, ya’ni davlat tomonidan o’rnatiladigan 
maksimal va minimal narxlar va bu siyosatning iqtisodiy oqibatlari 
to’g`risida gapirgan edik.Faraz qilaylik, tovarga davlat tomonidan 
maksimal narx.Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda iste’molchi va 
ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining grafikdagi tasviri. Maksimal narx 
o’rnatilganda bir qator ishlab chiqaruvchilar (xarajatlarini maksimal 
narxda qoplay olmagani uchun) bozordan siqib chiqariladi va ishlab 
chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi 
Qe 
dan 
Q1
 gacha kamayadi. 
Tovarni sotib olishni davom ettirayotgan iste’molchilar tovarni past 
narxda sotib oladilar va ularning iste’mol ortiqchaligi oshadi. Ushbu 
oshgan ortiqchalik grafikda qo’shshtrixlangan A to’rtburchak yuzi bilan 
ifodalangan. Lekin bir qator iste’molchilar tovar hajmi qisqargani uchun 
uni sotib ololmaydilar. Ularning iste’mol ortiqchaligining qisqarganligi 
shtrixlangan V uchburchak yuziga teng. Demak, iste’molchi 
ortiqchaligining sof o’zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin.
ист. A B
,
(1)
bu erda, 
ист.
- iste’molchi ortiqchaligining sof o’zgarishi.
Rasmdan ko’rinib turibdiki, A B bo’lgani uchun sof
iste’molchi ortiqchaligi musbat 
ист. 0.



Endi ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini qaraymiz. Bozorda qolib 
ishlab chiqarishni davom ettirayotgan ishlab chiqaruvchilar bozor 
narxidan past narxda 
Q1
hajmda mahsulot ishlab chiqaradi.
Ishlab chiqaruvchilar grafikda ko’rsatilgan A to’rtburchak yuziga teng 
bo’lgan iste’molchi ortiqchaligini yo’qotadilar. Bozordan siqib 
chiqarilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo’qotilgan ishlab 
chiqaruvchi ortiqchaligi esa S uchburchak yuzi bilan ifodalangan. Demak, 
ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining umumiy o’zgarishi teng:
i/ch
A C,
(2)
bu erda, i/ch - ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining sof o’zgarishi.
Maksimal narx o’rnatilganda asosiy yo’qotishlar ishlab chiqaruvchilar 
zimmasiga to’g`ri keladi.Rasmdan ko’rinib turibdiki, narxni nazorat qilish 
umumiy yalpi ortiqchalikning ma’lum qismini yo’qotishga olib keladi va 
ushbu yo’qotishga to’liq yo’qotish deyiladi.Ortiqchaliklarning umumiy 
o’zgarishini aniqlash uchun biz iste’mochi ortiqchaligi o’zgarishi ist. va 
ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi o’zgarishi i/ch ni qo’shamiz.
ист.
и/ч A B A C) A B A C

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin