Исходные данные


HOZIRGI ZAMONAVIY TIBBIYOT TEXNIKALARI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT



Yüklə 186,24 Kb.
səhifə2/10
tarix28.01.2023
ölçüsü186,24 Kb.
#81461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Uoker karsinosarkomasi rivojlanishini modelashtirish

HOZIRGI ZAMONAVIY TIBBIYOT TEXNIKALARI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT
Tirik organizm atrof muhit bilan o’zaro tasirlashgan holdagina yashashi mumkin. U muhitning radiatsiya, rentgen nurlari, ultrabinafsha, infra- qizil, harorat, namlik, havo bosimi shu kabi fizik xarakteristikalarining o’zgarishlaridan keskin tasirlanadi. Tashqi muhitning organizmga tasiri faqatgina tashqi faktor sifatida hisobga olinmasdan, undan davolash usuli (klimatoterapiya va baroterapiya) sifatida ham foydalanish mumkin.
Shifokor o’zining amaliy faoliyati jarayonida atrof muhitning bunday faktorlarini inson organizmiga tasirini baholay bilishi lozim. Chunki diagnostika va davolash uchun zarur bo’lgan inson organizmida sodir bo’ladigan turli murakkab jarayonlar: qon aylanishi, tomir bo’ylab elastik to’lqin va tebranishlarni (pulslar) tarqalishi, yurakning mexanik ish faoliyati, biopotentsiallarning generatsiyasi, nafas olish, issiqlik uzatish, bug’lanish, hujayralardagi modda almashinishi - diffuziya hodisasi va hokazolarga tashqi muhit faktorlari tasir ko’rsatadi. Shuning uchun zamonaviy tibbiyot barcha kasalliklarni diagnostikasi, davolash va sanitariya gigiena usullari uchun yuqoridagi faktorlar tasirini qayd qiluvchi, ishlov beruvchi va turli energetik kattaliklar bilan tasir etuvchi turli tibbiy priborlar, apparatlar va jihozlardan foydalanishni taqozo etadi. Buning uchun diagnostika apparatlarning asosiy qismi: kalorimetr, balistokardiograf, polyarimetr, elektrokardiograf, fonokardiograf, reograflar va boshqalar haqida malumotga ega bo’lish lozim.
Davolash maqsadida organizmga turli fizik faktorlar (ultratovush, elektr toki, elektromagnit maydon va boshqalar) bilan dozali tasir ko’rsatishni taminlovchi elektron qurilmalar, mikroto’lqinli terapiya apparatlari, elektroxirurgiya uchun apparatlar, kardiostimulyatorlar va boshqalarni tuzilishi va ishlash printsiplarini bilish maqsadga muvofiqdir.
Zamonaviy tibbiyot elektronikasining asosi kibernetika elektron qurilmalari bo’lib ular:

Tibbiyot elektorinikasi asbob va apparatlarining ishlatilishi diagnostika hamda davolashning samaradorligini va tabobat xodimining mehnat unumdorligini oshiradi. Yuqorida ko’rsatilganlardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki «Tibbiyot muhandislik texnologiyalari» fani - bugungi kunda tibbiyot amaliyotining muammolarini echishda, hamda davolash va ilmiy - tadqiqot faoliyatini sifatli va samarali darajada olib borishda, tibbiyot elektronikasi va kibernetikasiga asoslangan axborot kommunikatsion texnologiyalaridan to’g’ri foydalana oladigan kadrlarni tayyorlashda alohida o’rin tutadi.
Apparat - davolash maqsadlari uchun (fizioterapevtik yo’nalishlarida) mijoz tanasiga muayyan fizikaviy faktorlar (elektrik, magnit, elektromagnit, UT, mexanik va h.k.) bilan fiziologik ta'sir ko’rsatuvchi texnik vositalar (elektron qurilmalar) bo’lib hisoblanadi. Apparat bemor bilan o’zaro ta'sirlashuvning u yoki bu darajada mustaqil, avtomatizatsiyalashgan jarayonini ta'minlaydi. Apparatlar diagnostika maqsadlari uchun ham foydalanishi mumkin (rentgen, UT va h. k. apparatlar). Pribor - diagnostika maqsadlari uchun mijoz tanasidan muayyan energiya ko’rinishlarida (elektrik, magnit, elektromagnit, UT, mexanik ta'sir va h.k.) axborotni oluvchi va qayd qiluvchi texnik moslamalar bo’lib hisoblanadi. (elektrokardiograf, sfigmomanometr va boshqalar).
Tibbiyot amaliyoti yoki ilmiy - tadqiqot yo’nalishlari bo’yicha qo’llaniladigan pribor va apparatlarni birlashtiruvchi termenlar bo’yicha tibbiyot apparaturalari deb ham yuritiladi. Asbob- bemorga inson qo’li bilan birgalikda, uning davomi sifatida ta'sir ko’rsatadi. Jihoz- bemorga xizmat ko’rsatish va tibbiyot texnikasi jarayonini ta'minlash uchun qo’shimcha, yordamchi qurilmalar hisoblanadi.

Yüklə 186,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin