Diagnostika, davolash va tibbiy reabilitatsiya, shuningdek, profilaktik, sanitar - gigienik va epidemiyaga qarshi chora - tadbirlarni o’tkazish maqsadida priborlar, apparatlar va barcha texnik vositalarning majmuasidan foydalanish ahmiyati katta bo’lib bu jarayonlarni ularsiz tasavvur qilish qiyin. Tibbiyot texnikasining asosan, turli asbob uskunalarning paydo bo’lishi va takomillashishi tarixan xirurgiya, akusherlik va ginekologiya, oftalmologiya, klinik tibbiyotning boshqa sohalarining rivojlanishi bilan bog’liq.
XIX asrda sanoat ishlab chiqarishi yutuqlari, Fan va texnika yangiliklari bilan bog’liq holda fizioterapiya, operativ jarrohlik, shuningdek, sterilizatsiya, dezinfektsiya uchun mo’ljallangan vositalar hamda juda katta miqdorda tibbiyot texnikasi, asbob-uskunalari paydo bo’lla boshladi. XX- asrning 2-yarmida tibbiyot texnikasining takomillashishida elektronika, optika, yadro fizikasi, robot texnikasi muvofaqqiyatlari muhim rol o’ynaydi. Ilmiy texnika yutuqlari tibbiyot texnikasining tamoman yangi namunalarining ishlatilishi esa davolash va diagnostika imkoniyatlarini kengaytirdi. Optika yutuqlari tufayli qo’l bilan, elektr toki bilan va ovoz bilan boshqariladigan operattsion mikroskoplar yaratildi, ularning qo’llanilishi operativ oftalmologiya va otorinolaringologiya, rekonstruktiv xirurgiya (shikastlanish natijasida omputattsiya qilingan qo’l-oyoqlarning bitishi), kardiaxirurgiya va neyroxirurgiya imkoniyatlarini ancha kengaytirdi.
Biologik mikroskoplar ham ancha takomillashdi. Tola optikasining ishlatilishi tamoman
yangi diagnostik endoskopik priborlarning yaratilishiga zamin yaratdi. O’tgan asrning 50-yillari oxirida texnik lazerlar paydo bo’ldi va ular o’sha paytdan boshlab tadbiq etila boshlandi. Ulardan ko’z to’r pardasini yaratishda, glaukomani davolashda, abdominal xirurgiyada, qon-tomirlari operatsiyalarida foydalaniladi va u qonsiz pichoq sifatida xizmat qilmoqda. Ultratovush qurilmalari akusherlik amaliyotida, ichki organlar, yurak tomir tizimi, bosh miya tekshiruvlari diagnostikasini mukammallashtirdi. Klinik amaliyotda teplovizorlar qo’llanilishi tufayli kuyishlar va sovqotishdagi to’qimalar neykrozi chegaralarini aniqlash mumkin bo’ldi. Tana (teri) harorati o’zgarishi bilan bog’liq turli kasalliklar diagnostikasini amalga oshirish osonlashtirildi. Mavjud bo’lgan va qayta ishlab chiqarilayotgan tibbiyot texnikasiga elektron texnikasi, ayniqsa mikroprotsessorlar jadallik bilan tadbiq etilmoqda. Ular diagnostikasini tezlashtirishga va davolash profilaktik chora- tadbirlarni o’tkazishga, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga imkon beradi. Zamonaviy elektron hisoblash mashinalaridan tez tibbiy yordamni tashkil qilishda aholini dispanserizatsiya qilishda, qabul bo’limi ishini optimizatsiyalashda, butun davolash jarayoni, laborator diagnostika, shifoxona ichidagi simli va radioaloqani tashkil qilishda foydalanilmoqda, biotexnik sistemadan esa qo’l-oyoqlar protezini tayyorlashda foydalaniladi. Turli xildagi endoprotezlar yurak klapanlari va bo’g’im protezlari, suniy yurak va kardiostimulyatorlar, keratoprotezlar ishlab chiqish va ularni klinikada tadbiq etishda juda katta yutuqlarga erishildi.
Davolash amaliyotida magnitli qurilmalar keng tarqalmoqda. XX- asrning 20- yillaridayoq tibbiy magnitlar oftalmologiyada ko’zdan yot metall jismlarni chiqarib olishda qo’llanilgan. 50-yillarda xirurgiyada tadbiq etilgan (masalan, suyaklarni renonetruktib operatsiya qilinganda), turli xildagi magnit qurilmalari fizioterapiyada qo’llanilmoqda, bu yutuqlar magnitoterapiya usullarni yaratishga imkon yaratdi. Turli kategoriyadagi tibbiyot xodimlarining ishini engillashtiradigan va kasallarning statsionardagi sharoitini yaxshilaydigan qurilmalar ishlab chiqilmoqda va keng tadbiq etilmoqda (ular kichik mexanizatsiya vositalari deb ataladi).
Ularga turli tipdagi kataloglar (jumladan, ko’tariladigan panelli), avtomatlashgan bog’lov va operatsion stollar, yotoqdagi kasallarni ko’tarish va qayta joylashtirish, ularning hojatini, kuygan kasallarni davolash uchun moslamalar va boshqa tibbiy jihozlar yaratildi.
Kimyoviy va biologik fanlarning yutuqlari davolash amaliyotida gemodializ, gemosorbtsiya, plazmatsitaferez uchun apparatlarni yaratish hamda tadbiq qilish imkonini berdi. Bu esa buyrak, jigar va yurak etishmovchiligini, travmatik taksikoz bilan og’rigan kasallarda tibbiy yordam ko’rsatish imkoniyatlarini kengaytirdi. Hama joyda giperbarik oksigenatsiya uchun qurilmalar qo’llanila boshlandi. Kompter tomografiyaning, yadro magnit rezonansidan iborat masalalarning tibbiyot amaliyotida ishlab chiqilishi va tadbiq etilishi ilmiy-texnikaviy progress bilan bog’lik. Rentgen apparatlari, ayniqsa, flyuorograflarning sifati ancha yaxshilandi.
Radionuklidlar asosidagi tibbiyot texnikasining namunalari diagnostika va davolashda keng qo’llanilmoqda. Tibbiyot texnikasi asbob-uskunalari ishlab chiqish ishi bilan mamlakatda bir necha ilmiy tadqiqot institutlari shug’ullanadi. Ularning eng nufuzlisi jahon tibbiy-texnik jamiyatiga a'zo bo’lib, tibbiy texnika rivojiga faol ishtirok etib kelmoqdalar.