Tana haroratining ko‘tarilishi bilan namoyon bo‘luvchi kasalliklarda, o‘ziga xos bo‘lgan ko‘rsatkichlar bor. Ya’ni ular ma’lum bir diapozon oralig‘ida bo‘ladi. Shuning uchun shifokorlar kasallikka diagnoz qo‘yishda tana haroratining ko‘rsatkichi emas, balki tana haroratining ko‘tarilish turini bilishlari muhimdir.
Tibbiyot sohasida tana haroratining oshishining bir necha xil ko‘rinishlari bor:
Subfebril – 37 °C dan 38 °C gacha;
Febril – 38 °C dan 39 °C gacha;
Baland ko‘rsatkich – 39 °C dan yuqori;
Kriz holati – hayot uchun xavfli bo‘lgan 40,5-41 °C.
Tana haroratining koʻtarilishi har doim ham kasallikning ogʻirlik darajasini belgilab beravermaydi, bunda qoʻshimcha simptomlarni ham inobatga olish kerak.
Masalan, subfebril koʻrsatkichdagi tana harorati oshishi sil, virusli gepatit, piyelonefrit va boshqa jiddiy kasalliklarda kuzatilishi mumkin.
Baʼzi holatlarda kasallikning xavfli jihati, tana haroratining 37-37,5 °C koʻrsatkichlarida doimiy turishidir. Bu esa, endokrin tizimi tomonidan patologiyalar va yomon sifatli oʻsma kasalliklaridan dalolat beradi.
Tana harorati qanday o‘lchanadi?
Norma yoki oʻzgarish bor ekanligiga birlamchi ishonch xosil qilish uchun tana haroratini o‘lchash usullarini bilish ham muhim ahamiyatga ega. Chunki qo‘ltiq osti, to‘g‘ri ichak yoki til ostidagi ko‘rsatkichlar bir-biridan 1-1,5 °C ga farq qiladi.
Tana haroratini o‘lchashning bir necha usuli bor va har biri uchun o‘zining normal ko‘rsatkichlari belgilangan.
Eng ko‘p tarqalgan usullarga quyidagilar kiradi:
Hozirgi kunda dorixonalarda, tana haroratini o‘lchash uchun har xil turdagi termometrlarni topsa bo‘ladi. Ularning har birida o‘ziga xos yutuq va kamchiliklari bor: