Tana harorati oʻzgarishi organizmdagi patologiyalar natijasida kelib chiqishini inobatga olib, kasallikning boshqa simptomlari bilan birgalikda kompleks ravishda oʻrganish kerak.
Aynan umumiy belgilar bilan kasallikning qanday ekanligi va uning darajasi haqida bilib olish mumkin.
Tana harorati oshishi va og‘riq
Qorin sohasidagi og‘riq va tana haroratining 37,5 °C dan oshishi, oshqozon ichak tizimidagi jiddiy muammolardan darak beradi. Ko‘pincha bunday holat ichak tutilishlarida kuzatiladi.
Bundan tashqari, o‘tkir appenditsitda ham yuqoridagi kabi holat kelib chiqadi. Shuning uchun bemorda ishtahaning yo‘qolishi va sovuq ter ajralishi kuzatilsa, zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat etish kerak.
Appenditsit asorati – peritonitda ham yuqori tana harorati kuzatiladi.
Og‘riq va tana haroratining oshishiga boshqa sabablar:
Piyelonefrit;
O‘tkir pankreatit;
Ichakning bakterial kasalliklari.
Agar tana harorati boshdagi og‘riqlar bilan birgalikda oshsa, quyidagi kasalliklardan dalolat beradi:
Gripp va O‘RK;
Angina;
Skarlatina;
Ensefalit;
Meningit;
Bo‘g‘imlar va mushaklarda og‘riq hamda tana haroratining 39 °C dan oshishida, darhol isitma tushiruvchi preparatlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Tana harorati oshishi va ich ketishi (diareya)
Tana harorati oshishi va ich ketishi holatlari oshqozon ichak tizimining bakerial infeksiyalanganidan darak beradi.
Masalan:
Bunday holatlar inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi, mustaqil ravishda o‘z boshimchalik bilan davo choralarini ko‘rmaslik kerak.
Ayniqsa, bolalarda shunday holat kuzatilsa, shifoxonaga yoki tez tibbiy yordamga murojaat etish shart.
Tana harorati oshishi va ich ketishining birgalikda namoyon bo‘lishi, qisqa muddat ichida ko‘p suyuqlik yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi.
Buni bartaraf etish uchun organizm ko‘proq suyuqlik qabul qilishi kerak, agar suv ichishga qarshiliklar bo‘lsa (qayt qilish yoki ich ketish kuchli bo‘lsa) vena ichiga eritmalar quyiladi.
Aks hollarda organizm suvsizlanishi hisobiga o‘lim holati ham qayd etilishi mumkin.