Bosh miyadagi o‘zgarishlarda, ayniqsa gipotalamusda;
Psixik o‘zgarishlar;
Bundan tashqari, aktiv jismoniy harakat, sovuq qotish yoki issiq havoda, stress va zo‘riqishlarda ham tana harorati o‘zgarishlari mumkin.
Ammo, bunday holda tana harorati tezda normal holatga qaytadi.
Tana haroratini qanday tushirish mumkin?
Tana haroratining oshishi insonga diskomfort tug‘diradi, ba’zi hollarda og‘ir ko‘rinishlarga kelib o‘lim holati ham kuzatilishi mumkin. Shuning uchun har qanday inoson tana harorati ko‘tarilganda tushirish usullarini bilib olishi kerak.
Tana haroratini qachon tushirish kerak?
Tana harorati ko‘tarilganda har doim ham uni normal holatga qaytarish talab etilmaydi.
Infeksion kasalliklarda organizm immun tizimi pirogen moddalarni ishlab chiqarib, tana haroratining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi va bu holat mikroorganizmlarga qarshi kurashishga yordam beradi.
Masalan, interferon oqsilini sintezlanishini oshiradi, antitelolar ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, fagositoz jarayonini rag‘batlantiradi, ishtahani pasaytiradi va umumiy harakatni kamaytiradi, demak organizm infeksiya bilan kurashish uchun ko‘proq energiyaga ega bo‘ladi.
Ko‘pchilik bakteriya va viruslar normal haroratda faol hayot kechiradi, tana harorati ko‘tarilganda esa, ularning ba’zilari o‘ladi. Shuning uchun tana harorati oshgan vaqtda, uni tushirish uchun shoshilmaslik kerak.
Ammo, ayrim holatlarda tana haroratini tushirish talab etiladi. Bunday holatlarga quyidagilar kiradi: