Islom banklari



Yüklə 143,5 Kb.
səhifə3/4
tarix02.01.2022
ölçüsü143,5 Kb.
#41313
1   2   3   4
Islom moliyasi

Xulosa va takliflar. Yuqorida Misrda islom

bankchiligining faoliyat boshlashi va unga ta’sir qilgan ko‘plab omillar, xususan hukumatning aralashuvi, shar’iy nojoiz amaliyotlar va noto‘g‘ri fatvolar kabilarni o‘rgandik. Va shu bilan birga joriy holatda ya’ni ana’anaviy tizim ustunlik qilgan bir davrda va birorta ham islom banklari faoliyatiga oid alohida maxsus qonuchilik ishlab chiqilmagan bo‘lsa ham soha faoliyati mavjudligi va aktivlar hajmining oshib borayotganaligi haqida ham bilib oldik. Bulardan umumiy xulosa qilinadigan bo‘lsa, O‘zbekiston sharoitida ham joriy bank qonunchiligi islom banklari faoliyati to‘g‘risida ma’lum bir ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olmagan. Soliq kodekslari ham bu kabi banklarning soliq va soliqqa tortilishi haqida muayyan moddani ko‘zda tutmagan. Lekin islom banklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yetarli darajada talab va potensial borligini hisobga olsak, Misr tajribasidan ma’lum darajada foyda olishimiz mumkinligi ma’lum bo‘ladi. Xususan, faktga ko‘ra hozirda Misrda islom banklari faoliyati haqiqatda mavjud va bu Misr Markaziy Bankining maxsus litsenziyasi orqali amalga oshirilmoqda. Shunday ekan, dastlab O‘zbekistondagi banklarni ham jahondagi banklarning umumiy tasnifiga muvofiq diversifikatsiya qilish lozim. Bu bilan bankchilik sohasida yangi “biznes va investitsion banklar” hamda “maxsus banklar” turlari vujudga keladi. Biznes va investitsion banklar turi esa biz uchun yangi qadam bo‘lib, uning ostida islom banklarini ham shakllantirish va yo‘lga qo‘yishimiz mumkin bo‘ladi. Bunga sabab shuki, ularning ishlash mexanizmi islom banklari tamoyillaridan unchalik farq qilmaydi. Chunki biznes va investitsion banklarda ham, islom banklarida ham asosiy faoliyat real aktivlarga qaratilgan bo‘ladi. Yana shuni ham ta’kidlash kerakki, agar an’anaviy banklarda islomiy darchalar tashkil etiladigan bo‘lsa, mazkur darchalarning alohida buxgalteriya balansiga va alohida hisob raqamlariga ega bo‘lishi va ulardan tushgan pul mablag‘lari asosiy filialning fondiga qo‘shilib ketmasligi to‘liq ta’minlanishi zarur. Bundan tashqari, islom banklari faoliyatini faqat ba’zi murobaha va ijara kabi mahsulotlar bilangina cheklab qo‘yish ularning keng rivojlanishini to‘sib qo‘yadi. Islom banklari mahsulotlari sanab chiqilsa 30 tadan oshadi va ularning har biri o‘ziga yarasha jamiyatdagi ma’lum bir ishlab chiqarish bo‘lsin, tijoriy hamkorlik bo‘lsin barchasini qamrab olgan. Shunday ekan ularning to‘laqonli faoliyatini ta’minlash darkor. Chunki ular faoliyatining ma’lum bir yo‘nalishlar bilangina cheklab qo‘yilishi, yuqorida kabi Misrdagi IIK lar misolida aytib o‘tilgan piramida sxemasining qo‘llanishiga olib kelishi mumkin. Bu holatda islom bankchiligini yo‘lga qo‘yishdan ko‘zlangan maqsadga erishilmaydi, aksincha milliy iqtisodiyot salbiy ta’sirga uchraydi. Ushbu ishlarni amalga oshirishda sohaning mahalliy hamda xorijiy mutaxasisslar bilan birgalikda muddatli milliy dastur/ yo’l xaritasi ishlab chiqilishi va bu muddatda islom banklari faoliyati atroflicha tahlil qilinib, qonunchilikka kerakli ishlov berish tavsiya etiladi.


Yüklə 143,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin