Islom dini musulmon mamlakatlari san`atida o`z izini qoldirdi


Abbosiylar davrida ilm-fan rivoji



Yüklə 332,61 Kb.
səhifə10/14
tarix22.12.2023
ölçüsü332,61 Kb.
#190046
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Islom dini musulmon mamlakatlari san`atida o`z izini qoldirdi

1.5.Abbosiylar davrida ilm-fan rivoji.
Abbosiylar davrida ilmu fan eng yuqori cho`qqiga ko`tarildi. Buning qator sabablari bo`lib, ular sirasiga tarjima sohasidan tashqari, kishilarning yagona davlat va e`tiqod, ya`ni islom dini ostida birlashuvi, iqtisoddagi ko`tarilish, arab tilining rasmiy tilga aylanishi, ilmiy faoliyat va olimlar qadrlanadigan umumiy muhitning paydo bo`lishini kiritish mumkin. Bu davrda Bag`dod shahri ilm-fan markaziga aylandi va bu yerda tashkil etilgan “Bayt al-hikma” o`z davrining mashhur olimlarini jamlagan ilmiy markaz maqomini oldi. Bu ilmiy markazga yig`ilgan arab, fors, turk, yunon, musulmon, nasroniy, yahudiy, shuningdek, boshqa millat va e`tiqodga mansub olimlar hamkorlikda o`sha davr ilmlarining deyarli barchasi bilan shug`ullanib, qator sohalarda yirik kashfiyotlar yaratdilar, yangi asarlar yozdilar hamda o`z ijodlari bilan Sharq xalqlari fani va madaniyati tarixida o`chmas iz qoldirdilar. Quyida Abbosiylar davrida rivojlangan ba`zi tabiiy va ijtimoiy fanlar haqida mulohazalar yuritamiz.
Аstrоnоmiya. Abbosiylar davrida tez taraqqiy topgan fanlar qatorida astronomiya (falakiyot)ni kiritish maqsadga muvofiq. Xalifa al-Ma`mun davrida “Bayt al-hikma” qoshida osmon jismlarini kuzatish uchun ikkita rasadxona ham bunyod etilgan. Birinchisi 828-yilda Bag`dodning ash-Shammosiya mintaqasida, ikkinchisi Damashq yaqinidagi Qasiyun tog`ida 831-yilda qad ko`targan. Ikkala rasadxonaning ham faoliyatini al-Ma`mun o`z saroyiga to`plagan Movarounnahr va Xurosondan kelgan astronomlar, jumladan, Muhammad (Muso) al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg`oniy, Yahyo ibn Abu Mansur, Xolid ibn Abdumalik al-Marvarrudiy, Ahmad al-Marvaziy, al-Abbos al-Javhariy va boshqalar olib borganlar. Marvlik Yahyo ibn Abu Mansur Bag`dodning ash-Shammosiya mintaqasidagi rasadxonaning asoschisi va rahbari bo`lgan. Rasadxona faoliyati haqida u “Bayt al-hikma”ning mudiri Muhammad al-Xorazmiy (783-850)ga hisobot berib turgan. Yahyo 831-yilda vafot etganidan so`ng al-Xorazmiy bu rasadxonani ham boshqaradi va u yerdagi kuzatishlarda faol qatnashadi. Xurosonlik olim Xolid ibn Abdumalik al-Marvarrudiy esa Damashq yaqinidagi Qasiyun tog`idagi rasadxonaning tashkilotchisi, rahbari va u yerda olib borilgan tajribalarning qatnashchisi bo`lgan41.
Abbosiylar davriga kelib, musulmon astronomiyasining keyingi rivojini ikki muhim kitob belgilab berdi, deyish mumkin. Ulardan birinchisi Bаtlimus (Ptоlеmеy) qalamiga mansub bo`lgan “Al-Majustiy” bo`lsa, ikkinchisi hind tilidan arab tiliga tarjima qilingan “Sindhind” edi. Har ikki asar ham uzoq yillar davomida musulmon mamlakatlarida osmon sirlarini o`rganishda asosiy manba bo`lib xizmat qilgan.
VIII аsrdа аrаb аstrоnоmlаridаn оtа vа o`g`il Fаzariylаr, Yoqub ibn Tariq eng mаshhur оlimlаr bo`lishgаn. Xalifa al-Ma`mun davriga kelib astronomlar soni ko`payib, ularning o`zagini Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan olimlar tashkil etgan. Xususan, ular qatorida Muhammad al-Xorazmiy (783-850) ham bo`lib, garchi u matematik sifatida tanilgan bo`lsa-da, astronomiyaga oid muhim meros qoldirgan. “Zij”, ya`ni falakiyotga oid jadvallari hamda “Usturloblar bilan bajariladigan amallar” kitobi al-Xorazmiyning astronomiyaga bag`ishlab yozgan asarlari orasida eng mashhurlari edi.
Ahmad al-Farg`oniy (taxm. 797-865) ham Bag`dod ilmiy markazidagi allomalarning eng mashhurlaridan biri bo`lgan. Hozirgi kunda al-Farg`oniyning sakkiz asari ma`lum bo`lib, ularning hammasi astronomiyaga aloqador. Uning “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” XII asrda Yevropada lotin tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Yevropa tillariga ham tarjima qilinganidan so`ng, uning lotinlashtirilgan nomi “Alfraganus” shaklida G`arbda bir necha asr davomida keng tarqaladi42.
Shuningdek, IX-X аsrlаrdа falakakiyotga oid jarayonlarda Rаqqо shаhridа 40 yildаn ziyod ijоd qilgаn Аbu Аbdullоh аl-Bаttоniy, ilm-fаnning turli tаrmоqlаrigа оid 184 аsаr mеrоs qоldirgаn mаshhur erоnlik оlim Аbu Bаkr аr-Rоziy (865-934), Markaziy Osiyoning Ahmad al-Marvaziy, Yahyo ibn Abu Mansur, Abbos ibn Said al-Javhariy kabi boshqa mashhur olimlari ham samarali ishtirok etganlar.

Yüklə 332,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin