Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari


Ssenariya va funksiyalarning m-fayllari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/64
tarix19.10.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#157357
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64
Energetikaning matematik masalalari 2-qism

Ssenariya va funksiyalarning m-fayllari 
Komandalar rejimida (sessiyada) ishlash dasturlash emas. MATLAB 
tizimida dasturning tashqi atributi bo‗lib m-faylda yozilgan amallarning 
ketma-ketligi hisoblanadi. MATLABda m-faylni yaratish uchun 
biriktirilgan tahrirlagichdan yoki ASCII formatini qo‗llaydigan har qanday 
matn tahrirlagichidan foydalanish mumkin. Tayyorlangan va diska 
yozilgan m-fayl MATLAB tizimining bir qismiga aylanadi va uni 


31 
komandalar satridan yoki boshqa m-fayldan chaqirish mumkin. Ikki 
turdagi m-fayllar mavjud: fayl-ssenariyalar va fayl-funksiyalar. Ular, 
yaratilish jarayonida MATLAB tizimiga biriktirilgan m-fayllarning 
tahrirlagich/sozlagichi
yordamida sintaksis bo‗yicha nazoratdan o‗tgan 
bo‗lishi kerak. 
Script-fayl deb ataluvchi 
fayl-ssenariyalar 
kirish va chiqish 
parametrlari bo‗lmagan qator komandalarning to‗plamidir. Ular quyidagi 
tarkibga ega bo‗ladilar:

«Asosiy izoh 

%Qo‗shimcha izoh 

turli ifodalarni o‗z ichiga oluvchi faylning qobig‗i 
Fayl-ssenariya quyidagi xossalarga ega bo‗ladi:

kirish va chiqish argumentlari bo‗lmaydi;

ishchi sohadagi ma‘lumotlar bilan ishlaydi;

bajarilish vaqtida kompilyatsiya bo‗lmaydi;

fayl ko‗rinishiga keltirilgan, sessiyadagiga o‗xshash amallar 
ketma-ketligidan iborat bo‗ladi.
Matnli izohning birinchi satri asosiy izoh va keyingi satrlari 
qo‗shimcha izoh bo‗lib hisoblanadi. Asosiy izoh lookfor va help 
katalog_nomi
komandalari, to‗liq izohlar esa help 
fayl_nomi
komandasi 
bajarilganda ekranga chiqadi. Quyidagi fayl-ssenariyani ko‗raylik:
%Plot with color red
% Sinusoidaning grafigini [xmin,xmax] intervalda

qizil rangli liniya bilan quradi 
x=xmin:0.1:xmax;
plot(x,sin(x),'r')
grid on
Dasturni pcr nomi bilan diskda saqlaymiz va komandalar oynasida 
quyidagilarni kiritamiz: 
>> xmin=-5; 
>> xmax=15; 
>> pcr 
>>
Fayl-ssenariya ishga tushadi va ekranda 5.1-rasmda keltirilgan tasvir 
hosil bo‗ladi. 


32 
5.1-rasm. Fayl-ssenariya bilan ishlash namunasi 
Izohlarda % belgisi satrning birinchi pozitsiyasiga yozilishi kerak. Aks 
holda 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin