Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari


Elektr energiyasi manbalari Electrical Sources bibliotekasi



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/64
tarix19.10.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#157357
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64
Energetikaning matematik masalalari 2-qism

Elektr energiyasi manbalari Electrical Sources bibliotekasi 
Ushbu bibliotekada o‗zgarmas va o‗zgaruvchan tok hamda 
kuchlanishning boshqarilmaydigan va boshqariladigan manbalari mavjud 
(12.3-rasm). 
12.3-rasm. Elektr energiyasi manbalari Electrical Sources 


91 
O‗zgaruvchan kuchlanish manbasi AC Voltage Source bloki va uning 
sozlash 
oynasi 
12.4–rasmda 
ko‗rsatilgan. 
Unda 
o‗zgaruvchan 
kuchlanishning amplitudasi, boshlang‗ich fazasi va chastotasining 
qiymatlarini o‗rnatish mumkin. Measurements maydoni manbaning 
chiqish parametrlarini kuzatish va o‗lchash uchun Multimeter blokini 
bog‗lash imkoniyatini beradi. 
12.4-rasm. AC Voltage Source bloki va uning sozlash oynasi 
Passiv elementlar bibliotekasi Elements 
Elements bibliotekasida deyarli barcha turdagi passiv elementlar 
mavjud (12.5-rasm): 
12.5-rasm. Passiv elementlar bibliotekasi Elements 


92 

ketma-ket va parallel R, L, S elementlar: ularning 
parametrlarini om, genri va faradalarda (RLC Branch) yoki 
aktiv, induktiv va sig‗im quvvatlarda (RLC Load) berish 
mumkin. Yuklamalarni bunday ko‗rinishda berish uch fazali 
elektr zanjirlarni tadqiq qilishda juda qulay bo‗lib hisoblanadi; 

chiziqli transformator (Linear Transformer) va to‗yinishni 
hisobga olish mumkin bo‗lgan magnit o‗zakli transformator 
(Saturable Transformer);

o‗zaro induktivlikka ega bo‗lgan (magnit bog‗langan) zanjirlar 
(Mutual Inductance); 

kirish va chiqish signallari orasida talab qilingan nochiziqli 
bog‗lanishni shakllantirish imkoniyatini beruvchi nochiziqli
element (Surge Arrester); 

kalit (Breaker), uning ochiq holatdagi parametrlari (qarshiligi, 
induktivligi) va kirish signali nolga teng bo‗lgandagi holati 
(ochiq yoki yopiq) sozlash maydonlarida beriladi; 

uch fazali uch chulg‗amli transformatorlar (Three-Phase 
Transformer, Two Windings, Three Windings); 

bir va uch fazali liniyalarning parametrlarini amalga oshiruvchi 
bloklar (PI Section Line, Distributed Parameters Line). 
12.6-rasm. Uch fazali ikki chulg‗amli transformatorning (Three-Phase 
Transformer) parametrlarini sozlash oynasi 


93 
Uch 
fazali 
ikki 
chulg‗amli transformatorning (Three-Phase 
Transformer) parametrlarini sozlash oynasi 12.6–rasmda keltirilgan. 
Sozlash oynasida transformatorning nominal quvvati va chastotasi 
(Nominal power and frequency), birlamchi va ikkilamchi chulg‗amlarning 
parametrlari 
(Winding 
parameters), 
birlamchi 
va 
ikkilamchi 
chulg‗amlarning ulanish sxemalari ( Winding 1 (ABC) Connection, 
Winding 2 (abc) Connection) ko‗rsatiladi. Suturable Core bayroqchasi 
transformatorning to‗yinishini hisobga olish imkonini beradi. Pastga 
ochiluvchi (Measurements) menyusida transformatorning Multimeteru 
bloki vositasida o‗lchanishi ko‗zda tutilgan holat o‗zgaruvchilari 
ko‗rsatiladi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin