57
Monopolistning foydani maksimallashtiradigan ishlab chiqarish
hajmi sof raqobat sharoitdagi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan pastroq,
narxi esa yuqoriroq bo‘ladi. Bu iqtisodiyotda resurslar to‘liq
ishlatilmasligiga va jamiyat uchun zarur bo‘lgan mahsulotning bir qismi
ishlab chiqarilmasligiga olib keladi.
Bozorda yagona sotuvchi bo‘lgani sababli monopolist ishlab
chiqarish xarajatlarni qisqartirishga harakat qilmaydi.
Unda ishlab
chiqarishni yangilash, ilg‘or texnologiyani qo‘llash uchun rag‘bat yo‘q.
Yangi firmalar uchun monopoliyalashtirilgan tarmoqlardagi
to‘siqlar mavjudligi hamda monopolistlar bozordagi o‘z hukmronligini
saqlab qolishi uchun bor kuchini va katta mablag‘larining
sarflanishi
iqtisodiy samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aynan shuning uchun barcha bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan
mamlakatlarda monopol hukmronlikni nazorat va cheklab turuvchi
monopoliyaga qarshi qonunlar amal qiladi.
Dostları ilə paylaş: