Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/55
tarix01.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#170788
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

AR =MR 
=P 
tenglik bajariladi. Monopolistik bozorda holat boshqacha. O‘rta 
daromad va o‘rta narx egri chizig‘i bozor talabi egri chizig‘i bilan bir xil 
bo‘lsada, me’yoriy daromad egri chizig‘i undan pastroqda o‘tadi. Bunday 
holatni quyidagicha izohlash mumkin: monopolist butun tarmoqda yagona 
ishlab chiqaruvchi bo‘lib, sotuvni oshirish maqsadida mahsulot narxini 
tushirishga majbur bo‘ladi. Ammo bunda u har bir keyingi mahsulot 
birligini emas, balki barcha sotiladigan tovar birliklari narxini tushiradi. 
(24 rasm). 


55 
24-rasm.AR =MR =P 
Masalan, monopolist faqat bir birlik mahsulotini 10000 so‘m ga sotishi 
mumkin. Ikkita birlikni sotish uchun u ham birinchi, ham ikkinchi birlik 
narxini 9000 so‘mgacha tushirishi kerak. Uchta birlik mahsulotni sotish 
uchun har bittasining narxi 8000 so‘m, to‘rtta birlik – 7000 so‘m va h.z. 
Shunda firmaning daromadi quyidagicha bo‘ladi: 
1 birlik – 10000; 
2 birlik – 18000 (9000
*
2); 
3 birlik – 24000 (8000
*
3); 
4 birlik – 28000 (7000
*
4). 
Mos ravishda me’yoriy (yoki sotuv hajmi bir birlik mahsulotga oshishi 
natijasi qo‘shimcha bo‘lgan) daromad quyidagicha bo‘ladi: 
1 birlik – 10000; 
2 birlik – 8000 (18000 - 10000); 
3 birlik – 6000 (24000 - 18000); 
4 birlik – 4000 (28000 - 24000). 
Yuqorida keltirilgan grafikda (24- rasm) talab va me’yoriy daromad 
egri chiziqlari bir birini qoplamaydi va me’yoriy daromad birinchi holdan 
tashqari barcha hollarda narxdan pastroqdir. Monopolist ishlab chiqarish 
hajmi to‘g‘risidagi qarorni me’yoriy xarajat hamda me’yoriy 
daromadlarni tenglashtirish qoidasiga (
MR =MC) 
asoslanib qabul qilar 
ekan, ushbu qaror bo‘yicha aniqlangan mahsulot miqdor va hajmi sof 
raqobat sharoitdagi mazkur ko‘rsatkichlardan farqlanadi. (25- rasm). 


56 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin