Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/55
tarix01.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#170788
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

markazlashtirilishi
(kichik va o‘rta korxonalarning yirik korxonaga 
qo‘shilishi) natijasida vujudga kelgan. Bunday qo‘shilishni turli yo‘llar 
orqali amalga oshirish mumkin, masalan bankrotlikka uchragan raqiblar 
korxonalarini arzimagan pulga sotib olish yoki aksiyadorlar jamiyatini 
tashkil etish hisobiga.
Erkin raqobat XIX asrning 50-70 yillariga borib ravnaq topgan 
bo‘lsada, monopoliyalar endi paydo bo‘lib, ko‘pincha beqaror bo‘lgan 
edi. 1895-1910 yillardagi sanoat yuksalishi hamda 1900-1903 yillardagi 
inqiroz davrda monopoliya yirik mamlakatlar iqtisodiyotining asosi 
bo‘lib qolgan. 
Turli mamlakatlarda turli tarixiy davrlarda monopoliyaning har xil 
turlari paydo bo‘lgan: 
Legal (qonuniy) monopoliya bu qonuniy tarzda tashkil etiladigan 
monopolistik holat.
Uning tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi 
quyidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin: 
1) patent tizimi 
–bu kashfiyotchi tomonidan yaratilgan ixtirodan 
foydalanishning alohida huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar – patentlar 
tizimidir; 
2) mualliflik huquqi
– intellektual mulkning egalari yoki mualliflar 
tomonidan umr bo‘yi yoki ma’lum davrda o‘z mahsulotlarini sotish, 
ulardan nusxa olish va ko‘paytirishga ruxsat berish imkonini ta’minlaydi; 
3) tovar belgilari
– bu ro‘yxatga olingan savdo belgilari, nishonlari 
maxsus rasmlar, nomlar, ramzlardir. Ular yordamida tovar, xizmat yoki 
firmani identifikatsiyalashtirish (aynan tenglashtirish) mumkin.
Tabiiy monopoliya
quyidagi holatda paydo bo‘ladi: agar bitta yirik 
firma ma’lum tovar yoki xizmatga bo‘lgan butun bozor talabini bir qator 
mayda korxonalarga nisbatan pastroq o‘rta xarajatlar bilan qondira olsa. 
Boshqacha qilib aytganda, tabiiy monopoliya sharoitida bitta firma 
tomonidan har qancha mahsulot ishlab chiqarilishi ikkita yoki undan 
ko‘proq firmalarning ishlab chiqarilishiga nisbatan davlat hamda aholi 
uchun foydaliroqdir. Bu holat o‘ziga xos texnologiyaning qo‘llanilishi 
hamda ishlab chiqarishning yirik ko‘lami sababli paydo bo‘ladi. Tabiiy 
monopoliyaning eng yaxshi misoli – transport. Ba’zi bir transport turlari 
o‘ziga xos texnologiyaning qo‘llanishini talab qiladi. Masalan, metro yoki 
tramvay yurishi uchun relslar, vagonlar, elektr simlar va b. bo‘lishi zarur. 
Ushbu sohada iste’molchilar uchun raqobat kurashini olib boruvchi ikkita 
firmaning mavjudligi samarasizdir. Tasavvur qiling, bitta marshrutda 
ikkita tramvay parklari bir biri bilan raqobatlashsa, yoki shaharda uchta 


53 
metropoliten o‘rmalashgan tunnellar bilan bir xil marshrutlarda xizmat 
ko‘rsatsa. Demak, tabiiy monopoliya subyektining faoliyati raqobat 
yo‘qligida samaraliroq bo‘ladi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin