50
U
yoki bu usuldan foydalanib, firma maksimal foydani ta’minlab
beradigan ishlab chiqarish hajmini
Qo
aniqlaydi.
Qo
dan
Q2
gacha
oralig‘ida ishlab chiqarishning har qanday ishlab
chiqarish hajmi firma
uchun foyda keltiradi (22-a rasm), ammo faqat
Qo
nuqtada
bu foyda
maksimal bo‘ladi. Ayni shu nuqtada me’yoriy daromad me’yoriy
xarajatlarga teng (22- b rasm).
Qo Qo
oralig‘ida firma mumkin bo‘lgan
foydani ololmay qoladi,
Qo Q2
oralig‘ida esa me’yoriy xarajatlar me’yoriy
daromaddan oshib ketadi va samaradorlik pasayib ketadi.
Me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajatlarni solishtirish usuli nafaqat
sof raqobat sharoitida balki boshqa barcha bozor modellarida
qo‘llaniladigan qoidadir.
Uzoq muddatli davrda
barcha xarajat turlari o‘zgaruvchan bo‘lgani
sababli (shu jumladan, qisqa muddatli davrdagi doimiy bo‘lgan xarajatlar
ham) firma ishlab chiqarish hajmi to‘g‘risidagi qarorini boshqacha qabul
qiladi. Agar bozordagi mavjud narx sababli bir nechta firmalar zarar ko‘rib,
o‘z ishlab chiqarishini qisqartirsa, bozordagi taklif ham qisqaradi. Natijada
(talab o‘zgarmagan holda) narx oshadi va tarmoqda qolgan firmalar
iqtisodiy foydani olishi mumkin. Mukammal
raqobat sharoitida bozorga
kirish erkin bo‘lgani sababli tarmoqdagi oshgan foydalilik yangi firmalarni
o‘ziga jalb qiladi. Oqibatda taklif oshadi, narx esa pasayadi. Sof raqobatda
bunday tebranishlar doimiy xarakterga ega.
Qachonki firmalarda tarmoqqa kirish hamda tarmoqdan chiqib ketish
uchun rag‘bat bo‘lmasa, shunda bozor muvozanatga erishadi. Buning
uchun bozor narxi o‘rtacha yalpi xarajatlarning
minimal darajasida
o‘rnatilib, iqtisodiy foyda 0 ga teng bo‘lishi kerak (23 rasm). Grafikda
Dostları ilə paylaş: