Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi


Mukammal yoki sof raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/55
tarix01.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#170788
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

Mukammal yoki sof raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab 
chiqaruvchi tarmoqda juda ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. 
Sof raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan 
sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy 
ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo‘lmaydi. Shu sababli alohida 
korxonada ishlab chiqarishning ko‘payishi yoki kamayishi umumiy 
taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Mukammal raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin 
kirishi, tarmoqda mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab 
chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo‘lishi va 
ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, 
moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‘siqlar bo‘lmaydi. 
Mukammal raqobat – abstraksiya, ya’ni real hayotda asosan 
nomukammal raqobat shakllari uchraydi. Ammo iqtisodiy amaliyotda 
ba’zi bir tovar bozorlari hammasidan ko‘ra ko‘proq ushbu bozor tuzilish 
mezonlariga mos keladi. Masalan, qimmatli qog‘ozlar bozori yoki qishloq 
xo‘jalik mahsulotlar bozorida sotuvchilar va xaridorlar soni ko‘p bo‘lib, 
ulardan birortasi ham bu bozorlarning ustidan nazorat qila olmaydi.
Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo‘lib, u yaqin 
o‘rnini bosuvchilarga ega bo‘lmagan mahsulot (xizmat)ning yagona 
ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
Monopoliya sharoitida boshqa firmalar tarmoqqa kirish uchun o‘tib 
bo‘lmaydigan to‘siqlar mavjud, yagona ishlab chiqaruvchi esa taklifning 
umumiy hajmi va narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi.


46 
Monopsoniya
– tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni 
juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki 
xaridori mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin