Bozordagi sotuvchilar soni .Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik
ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi.
Bir yoki bir nechta determinantalarning o‘zgarishi taklif egri
chizig‘ining siljishiga olib keladi. Taklif oshishi egri chizikning o‘ngga
(masalan, S1 danS2 gacha), taklif kamayishi esa egri chiziqning chapga
(S1 dan S3 gacha) siljishiga olib keladi (4-rasm).
Narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sirida taklif o‘zgarishini taklif
miqdordagi o‘zgarishlardan farqlash kerak. Taklif miqdordagi o‘zgarish
taklif egri chizig‘i bo‘ylab bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o‘tishi hamda
mahsulotning narxi o‘zgarishi bilan aks ettiriladi (masalan, 5 ming
so‘mdan 4 ming so‘mgacha narx pasayishi S1 egri chiziqda taklif
miqdorining 60 ming sentnyerdan 50 ming sentnergacha kamayishiga olib
keladi).
4-rasm. Narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sirida taklif o‘zgarishi
Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash
xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat
mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud
darajasi ham taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga
javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa mahsulot ishlab
chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq
xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi (renta)
qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo‘lmaydi.
12
Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar,
yozuvchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at
asarlarining taklifi ham noo‘zgaruvchan bo‘ladi.