Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi


O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/55
tarix01.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#170788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini 
o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari 
bog‘liqlikda bo‘ladi. 
Masalan, agar fotoapparatlarning narxi oshsa
fotoplyonkaga bo‘lgan talab qisqaradi va aksincha;
5) 
Kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli

Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi iste’molchi joriy 
talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va 



daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan joriy talab 
hajmining qisqarishiga sabab bo‘ladi. 
Bir yoki bir nechta determinantalarning o‘zgarishi talab egri 
chizig‘ining siljishiga olib keladi. Talab oshishi egri chiziqning o‘ngga 
(masalan, D1 dan D2 gacha), talab kamayishi esa egri chiziqning chapga 
(D1 dan D3 gacha) siljishiga olib keladi (2-rasm). 
2-rasm. 
Narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sirida talabning 
o‘zgarishi 
Narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sirida talab egri chizig‘ining 
bunday siljishi talab o‘zgarishi deb ataladi va uni talab miqdordagi 
o‘zgarishlar bilan adashtirmaslik kerak. Talab miqdordagi o‘zgarish talab 
egri chizig‘i bo‘ylab bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o‘tishi hamda 
mahsulotga narx o‘zgarishi bilan aks ettiriladi (masalan, 5 ming so‘mdan 
4 ming so‘mgacha narx pasayishi D1 egri chiziqda talab miqdorining 2 
ming sentnyerdan 4 ming sentnergacha oshishiga olib keladi).
 
2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. 
Taklif qonuni 
 
Hozirgi paytda iqtisodiyot nazariyasida taklif tushunchasi keng 
ma’noli bulib, uning ichida 5 tovar (xizmatlar) guruhlarini ajratish 
mumkin: 
1)
 Xomashyo
(resurslar); 
2)
 Ishlab chiqarishga oid tovarlar

3)

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin