5
Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Ya’ni,
talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
Ehtiyoj zarur miqdordagi
pul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qolaveradi. Talabning
ehtiyojdan farqi aynan shunda.
Yuqorida keltirilgan talab tushunchasidan
shu narsa kelib chiqadiki,
tovarning har bir narxiga talabning ma’lum miqdori mos bo‘ladi. Bu
talab
qonunini
ta’riflab berishga imkon beradi: boshqa teng shartlar bajarilganda
narxlar darajasi (P) bilan talab miqdori o‘rtasida (Q) teskari bog‘liqlik
mavjud. Ya’ni narx qanchalik past bo‘lsa, talab miqdori shunchalik yuqori
bo‘ladi va aksincha, narxning o‘sishi talab miqdorining kamayishiga olib
keladi.
Narx va talab miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni
ifodalaydigan talab
qonunini quyidagi 1-jadval ma’lumotlarida hamda grafikda (1-rasm)
ko‘rishimizmumkin.
1-jadval.
Olmaga bo‘lgan bozor talabi
Narx
(bir kg
uchun, ming
so‘mda)
Bir
xaridorning
haftalik talab
miqdori(kg)
Bozorda
xaridorlarning
soni
Bir haftalik
umumiy talab
miqdori (kg)
5
10
200
2000
4
20
200
4000
3
35
200
7000
2
55
200
11000
1
80
200
16000
Keltirilgan ma’lumotdan ko‘rinib
turibdiki,
tovar yoki xizmatga
bo‘lgan talab ikki turiga ajraladi: yakka talab va bozor talabi.
Har bir
iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, firmaning ushbu tovarga
Dostları ilə paylaş: