bo‘lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko‘pchilik) iste’molchilarning shu tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi. Yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin
bu miqdor har doim ham bir xil bo‘lib turmaydi, balki o‘zgaruvchan
bo‘ladi.
Jadval ma’lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar
miqdorining o‘sishiga va aksincha, narxning o‘sishi talab miqdorining
kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi.
6
Grafikdagi D (demand - talab) pasayuvchi chiziq narx va talab miqdori
o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni aks ettiradi va talab egri chizig‘i deyiladi.
Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu
narxda sotib olishi mumkin bo‘lgan tovar miqdorining kombinatsiyasini
ko‘rsatadi.
1-rasm. Olmaga bo‘lgan talab egri chizig‘i
Talab qonunini quyidagicha tushuntirish mumkin: odamlar muayyan
mahsulotni odatda past narxda ko‘proq sotib olishadi. Iste’molchilar
uchun narx ularning xarid qilishiga to‘siq bo‘ladi. Bu to‘siq qancha yuqori
bo‘lsa, mahsulot shuncha kam sotib olinadi.
Talab qonunining amal qilishiga yana 2 sabab bor:
1.
Mahsulot narxining tushishi iste’molchi daromadining
sotib olish qobiliyatini oshiradi va u tovarni ko‘proq sotib olishga
qodir bo‘ladi va aksincha (
daromad samarasi );
2.
Tovarning narxi tushganda ushbu tovar boshqa
tovarlarga nisbatan arzonroq bo‘ladi va iste’molchida uni sotib
olishga rag‘bat paydo bo‘ladi (
o‘rnini bosish samarasi ).
Talab qonuni 3-holda ishlamaydi:
1.
Narxlar oshishi kutilayotganda yuzaga kelgan shov-shuv
talab paytida;
2.
Ba’zi bir noyob va qimmatbaho tovarlar uchun (oltin va
ziynat buyumlari, antikvariat va b.);
3.
Talab sifatliroq va qimmatliroq tovarlarga o‘tganda
(masalan, margarindan sariyogga talabning o‘tishi: margaringa
narx pasaysa ham, unga bo‘lgan talab oshmaydi).
7
Iqtisodchilar fikriga ko‘ra, talab miqdorini belgilovchi asosiy omil –
narx omilidir. Ammo narxdan tashqari talab miqdoriga ta’sir etuvchi bir
qator boshqa omillar mavjud. Ular