Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/55
tarix01.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#170788
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

taklif egri 
chizig‘ini
tasvirlash mumkin (
3-chizma
). 


10 
3-chizma. 
Taklif egri chizig‘i 
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga 
narxga bog‘liq bo‘lmagan 
bir qator omillar 
(determinantalar) ham ta’sir qiladi. Bu omillarning 
asosiylari quyidagilar: 
1) 
Resurslarning narxi
. Resurs narxlarining pasayishi ishlab 
chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, 
resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va 
taklifni qisqartiradi. Masalan, shakar narxining pasayishi qandolat 
mahsulotlar taklifini oshiradi, yog‘och narxining oshishi qog‘oz taklifini 
qisqartiradi;
2) 
Ishlab 
chiqarish 
texnologiyasi

Texnologiyalarning 
takomillashuvi mahsulot birligini samaraliroq ishlab chiqarishga imkon 
beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari 
kamayadi va taklif ko‘payadi; 
3) 
Soliq va subsidiyalar
. Ko‘pchilik soliqlar ishlab chiqarish 
xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab 
chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Aksincha, davlat 
qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya bersa, bu 
amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi;
4) 
Boshqa tovarlarning narxi
. Boshqa tovarlar narxlarining 
o‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, qo‘y go‘shti 
narxining pasayishi mol go‘shti taklifini oshiradi. Aksincha, mol go‘shti 
narxining tushishi qo‘y go‘shti taklifini oshiradi; 
5) 
Narx o‘zgarishining kutilishi
. Kelgusida mahsulot narxining 
o‘zgarishining kutilishi ba’zi tarmoqlarda joriy taklifni qisqartirib, boshqa 
tarmoqlarda ishlab chiqarish quvvatlarning oshishiga hamda taklifning 
ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Masalan, kelajakda mebel narxining 
keskin pasayishining kutilishi bu mahsulot taklifini pasaytiradi;


11 
6) 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin