Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə113/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Dunyoqarash - olam haqidagi umumiy qarashlar, maslaklarning majmui.
Diniy dunyoqarash - muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bo’lgan e’tiqodi bilan bog’liq bo’lib, vujudga kelishiga ko’ra, boshqa dunyoqarash shakllari kabi, muayyan asoslarga ega
Dogmatizm - aqidaparastlik, o’zgarmas tushunchalar, qoidalar asosida fikrlash usuli
Diniy e’tiqod - u diniy goy’alar tasavvurlar tushunchalari afsonalarni haqiqat sifatida qabul qilish hamda iloxiy kuchning mavjudligiga ishonishni o’z ichiga oladi. Diniy e’tiqodda hissiyotlari qo’rqish, zavqlanish quvonch umid va boshqalar diniy tasavvurlar bilan qo’shilib ketib tegishli yo‘nalish ma’no kasb etishi mumkin.
Diniy normalar - diniy xulq-atvor me’yorlari muqaddas kitoblarning (masalan, Injil yoki Qur’on) matnlarida belgilanadi, va diniy jamoat tomonidan o‘rnatiladi. Ularning aksariyati axloq va qonun normalariga to‘g‘ri keladigan, marosimlarni o‘z ichiga olib, urf-odatlar va an’analar bilan chambarchas bog‘lanib boradi.
Jamiyat - tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borliq bo’lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o’rtasida amal qiladigan juda ko’plab munosabatlar yig’indisi, degan turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir.
Jamiyatning ijtimoiy hayoti - deganda undagi mavjud turli birliklar, guruhlarning hayoti hamda, ular orasidagi turli-tuman ijtimoiy aloqa va munosabatlar nazarda tutiladi.
Jamiyat qonunlari – jamiyatning muayyan ijtimoiy – tarixiy – shart – sharoitida ijtimoiy jarayonlar rivojining xususiyati va yo‘nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan, nisbiy barqaror munosabatlaridir.
Zamonaviy jamiyat. Jamiyat ochiq, yopiq, axborotlashgan va fuqarolik jamiyati kabi shakl ko‘rinishlarga ega. Bir qarashga ko‘ra, har qanday sivilizasiyalashgan jamiyatning asosiy masalasi uni tashkil etish masalasidir. Zamonaviy jamiyat ko‘plab iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy-madaniy determinantlar asosida tashkil etilgan. Uni sanoatdan postindustrial (informatsion) jamiyatga "o‘tish davri" deb atash mumkin.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin