Estetik madaniyat - insonning estetik faoliyati jarayoni, uning natijasida yaratilgan moddiy va manaviy qadriyatlar bo‘lib, shaxsni shakllantirish va kamolotida muhim omil bo‘lgan ijtimoiy hodisadir.
Estetik tarbiya - ijtimoiy-manaviy jarayon va inson kamolotining muhim mezoni. U bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlaridan zavqlanish, yangilik va innovatsiyaga qiziqish tuyg‘usini nafosat tamoyillari, go‘zallik talablari asosida rivojlantirishga o‘rgatuvchi manaviyatning aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan faoliyatidir
Estetika - insonning voqelikka nafosatli munosabatini, xalq, millat, jamiyat badiiy tafakkurini hamda borliq, sanat va ijod jarayonlarining eng umumiy qonuniyatlari, tushunchalari, mezonlarini go‘zallik asosida anglash, o‘rganish va o‘zlashtirishga doir nazariy-amaliy faoliyat tizimidir.
Ezgulik - insonga eng kuchli manaviy lazzat bag‘ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga etkazuvchi yuksak qadriyat. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi.
Falsafa -(yunoncha «fileo» — sevaman va «sofia» —donolik) donolikni sevaman. Tabiat, jamiyat, inson, uning tafakkurida amal qiluvchi eng umumiy qonunlarni o’rganuvchi fandir
Fan - ilmiy bilimlar tizimidir. Fan o’zining ilmiy tushuncha uslublari va metodologiyasiga ega bo’lgan, olamni bilish va o’zlashtirishning maxsus usuli, ilmiy bilimlar tizimidir. Shuningdek, fan ijtimoiy ong shakllaridan biridir
Faoliyat - insonning o‘zini o‘rab turgan olamga faol munosabati shakli bo‘lib, uning mazmunini maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qayta qurish bilan bog‘liq xatti-harakatlar tashkil etadi.
Fazo - narsalarning ko’lamini, hajmini, o’zaro joylashish tartibini, uzlukli yoki uzluksizligini ifodalovchi borliqning yashash usullaridan biridir. Fazo narsalar joylashadigan joy ma’nosida ishlatiladi.
Fojeaviylik -shaxs orzu-istaklari, maqsadlari bilan jamiyat talablari hayot va o‘lim orasidagi vujudga keladigan ziddiyat bo‘lib, erkinlik va zaruriyat o‘rtasidagi kurashga asoslangan ulug‘vorlikning yuksak darajasidir.