Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə114/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Internet inson tafakkuri, aqli va bilimi qudratining mahsuli bo‘lib, bugungi kunda butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir.
Konfutsiylik - Uning asoschisi e.o.551-479 yillarda yashab ijod etgan Konfutsiydir. Konfutsiychilik ta’limoti bo‘yicha har bir ijtimoiy qatlamning axloq normalari mavjud bo‘lib, uni o‘zgartirish mantiqqa ziddir.
Konfutsianchilik – qadimiy falsafiy maktab, insonni avvalambor ijtimoiy hayot qatnashchisi sifatida ko’rib chiqadi. Asosiy manbasi Lun Yuy («Suhbatlar va mulohazalar") asari.
Milliy qadriyatlar - tushunchasi muayyan millatning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy rivojlanish jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarigina emas, balki ular yashayotgan hudud madaniy-ma’naviy meros, milliy madaniyat, til, milliy ong, millat ruhi, tarixi, o‘tmishi, turmushi va yashash tarzi, millat hayotining tartib-qoidalari hamda ular bilan bog‘liq milliy xususiyatlar, jihatlar va boshqalarning ahamiyatini ifodalaydi.
Tarixiylik va mantiqiylik metodi - tarixiylik ob’ektning real tarixini o‘rganishni, unda mavjud bo‘lgan hodisalarni aniqlashni talab etadi. Tarixiy dalillarni mantiqiy asoslar bilan berish ob’ektni to‘g‘ri anglash imkonini tug‘diradi.
Estetik ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, estetik his – tuyg‘ular, did, qarashlar, ideallar va nazariyalarning o‘ziga xos betakror tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Inson voqelikni turlicha har xil ko‘rinishlarda qabul qiladi.
Ekologik ong - ijtimoiy borliqning muayyan bog‘lanishi va aloqadorliklarini, ifodalovchi ijtimoiy ongning barcha shakllari kabi ekologik ong ham ijtimoiy munosbatlar tizimida «tabiat-jamiyat» munosabatlarining aks etishi sifatida qaralmog‘i lozim.
Erkinlik - insonga yuklatilgan yuksak mas’uliyatdir. Bunday mas’ullik insonning jamiyat oldidagi muhim vazifalaridan hisoblanadi. Erkinlik va mas’uliyat insonning o‘zligini anglash darajasini ham anglatadi. Inson o‘z mohiyatini, vazifasini, ayniqsa jamiyat va yaqinlari oldidagi mas’ulligini chuqur anglab yetgan holda ish tutsagina yuksak darajada erkin bo‘lib boraveradi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin