Monizm - olamning asosi yakayu-yagona sababga, bitta asosga ega deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limotdir.
Oila - jamiyatning negizi
Oila madaniyati - jamiyatning muhim ijtimoiy instituti bo‘lgan oilaning to‘laqonli va mukammal faoliyat yuritishi uchun uning azolari (er va xotin, ota-ona va farzandlar) o‘rtasida birgalikda hayot kechirish va zarur munosabatlar o‘rnatish ko‘nikmalarining majmuasi.
Ommaviy madaniyat - go‘zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumistemolchilik ehtiyoji bilan bog‘lovchi hamda istemol va tovar sifatida haridorgir bo‘lishiga qaratilgan har qanday g‘ayriestetik maqsadni amalga oshiruvchi madaniyat ko‘rinishi.
Ong - inson miyasining mahsuli, voqelik in’ikosining
Ontologiya - olam, inson va jamiyatning ob’ektiv-universal mohiyati to’g’risidagi falsafiy ta’limotdir. Boshqacha aytganda, u borliq to’g’risidagi, insonning olamga bo’lgan munosabati haqidagii falsafiy bilim sohasidir.
Qadriyat - narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan qo’llanilmasdan, balki inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar va boshqalarning qadrini va ijtimoiy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy kategoriyadir.
Tafakkur shakllari -fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog’lanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi)dir. Tushuncha, hukm(mulohaza), xulosa chiqarish - tafakkur shakllaridir.
Tarbiya - avlodlararo ijtimoiy-tarixiy hayotiy tajribani uzatishga xizmat qiladigan ijtimoiy funksiya; 2) ijtimoiy institutlar (oila, tarbiya va talim muassasalari, madaniyat muassasalari, ijtimoiy, siyosiy va boshqa tashkilotlar, siyosiy partiyalar, diniy muassasalar, davlat tuzilmalari, ommaviy axborot vositalari va boshqalar) tasiri ostida inson subektiv — shaxsiy va manaviy dunyosini shakllantirish, qaror toptirish, boyitish va takomillashtirishning aniq maqsadli yo‘naltirilgan, tizimlashtirilgan va ongli jarayoni.
Tasavvuf - islomdagi diniy falsafiy oqim. Tasavvuf -oqim va diniy ma’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko’pgina ichki sabablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va hindiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neoplotonizm kabilarning ta’siri ostida) paydo bo’ldi
Tolerantlik -o‘zgalarning dunyoqarashi, e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, urf-odatlari, anana-marosimlarini hurmat qilish; ularni kamsitish, tahqirlashga yo‘l qo‘ymaslik.