Borliq - voqelikdagi mavjud narsa va hodisalarni ifodalovchi tushuncha. bo’lgan aks ettirish xususiyatini ifodalovchi tushuncha
Botiniylik va zohiriylik - manaviy hodisalar bo‘lib, insonning ichki, qalb, ko‘nglidagi hissiyotlar va ularni sirtqi tomondan, tashqi ko‘rinishda ifodalanishi. Inson tashqi tomonidan qanday ko‘rinishidan qatiy nazar, uning Botiniylik hissiyoti, qalbi, ko‘ngli nihoyatda nozik va manaviy boy bo‘lishi mumkin. Sirtdan qaraganda kam-ko‘stsiz, salobatli ko‘ringan kishi hissiyotsiz, qalbi ko‘r bo‘lishi ham mumkin. Botiniylik insonga baxsh etilgan nemat, u buyuk kishilarning zohiriy faoliyatlarida yorqin ifodasini topgan
Germenevtika - qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi. Demak, germenevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil etish g’oyalariga asosiy diqqatini qaratadi
Globalizatsiya -deganda umumbashariy, umumsayyoraviy sivilizatsiyaning shakllanish tendensiyasi tushuniladi. Ushbu tendensiyaning asosini hozirgi zamon kishilik jamiyatini birlashtirib turgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy va kommunikatsion aloqalar tashkil etadi.
Gnoseologiya - bilish to’g’risidagi fan muammolari bilan shug’ullangan
Go‘zallik - manaviy va moddiy xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy-manaviy hayotda favqulodda ahamiyat kasb etuvchi tushuncha bo‘lib, narsa-hodisalarning inson tafakkurida lazzatning uyg‘unlik, meyor, hamohanglik, mutanosiblik, maqsadga muvofiqlik asosida namoyon bo‘lishidir
Dao - xitoy falsafasida «yo’l» taraqqiyot ma’nosida ishlatiladigan tushuncha
Daosizm - (Xitoycha dao szya - dao maktabi). Konfutsiylik bilan bir qatorda e.o. birinchi ming yillikning II yarmida vujudga keladi. Uning asoschilari - Lao szi va Chjuan-szi hisoblanadi.
Dialektika -grek tilida bahs va suhbatlashish san’ati degan ma’noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo’li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o’zgarishda, o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda deb tushunishdir. Unga ko’ra, olamda o’z o’rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yo’nalishiga ega bo’lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog’liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog’lanishlar orqali namoyon bo’ladi