Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə63/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Qadr-qimmat – tushunchasi inson o‘z qadrini, bu dunyoda uning hayoti oliy qadriyat ekanligi, o‘z shaxsi oldida o‘zi ma’sul ekanligini anglash uchun xizmat qiladigan hissiyot. U nomus, g‘urur tushunchalari bilan bog‘liq, bir tomondan insonning o‘z qadrini har qanday holatda ham yerga urmasligini taqozo etadi. Qadr–qimmat insonning jamiyatda, insonlar orasida tutgan o‘rni, topgan obro‘si, hurmati va nufuziga aytiladi. Qadr–qimmat o‘z-o‘zini anglash va nazorat qilishni ifodalaydi.
Nomus – mohiyatan shaxsning o‘z qadr-qimmatini anglab yetishi, shu qadr-qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi yoki olinmasligiga nisbatan bo‘ladigan munosabatidir. Biroq, bu – nomus qadr-qimmat tushunchasi bilan bir xil ma’noga ega, degani emas. Chunki, qadr-qimmat shaxsdan o‘zining boshqa odamlarga nisbatan kamsitilmasligini, atrofdagilardan barcha insonning teng huquqliligi tamoyilini o‘ziga nisbatan qo‘llashlarini talab qiladi. Nomus esa, o‘z qadr-qimmatini bilishdan tashqari, har bir shaxsning jamiyatda alohida, o‘ziga xos tarzda egallagan mavqei va shu mavqeni dog‘ tushirmay saqlash-saqlamasligi bilan bog‘liq. Bu mavqe esa, shubhasiz, o‘sha shaxsning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, kasbi, yoshi va unga nisbatan beriladigan axloqiy daraja bilan muayyanlashadi.
Halollik. Halollik vijdon, adolat va burch kabi etikaning mezoniy tushunchalari bilan bog‘liq, insonning o‘zgacha munosabati o‘zicha munosabatidek sof, pokiza bo‘lishini talab qilidigan axloqiy me’yordir.
Insonni ma’naviy, axloqiy jihatdan bezaydigan ajoyib fazilatlardan biri - halol, pokiza yashash, birovlarning xaqqiga zarracha bo‘lsada hiyonat qilmaslikdan iboratdir. Halol bilan haromni farqlash, faqat o‘z mehnati evaziga tirikchilik qilish, harom-harishdan jirkanish, haromxo‘rlikni eng katta gunohi azim va axloqsizlik deb bilish - bular Sharq faylasuflarining eng muhim g‘oyalaridan bo‘lib hisoblanadi.
Halollik  insonning ichki va tashqi dunyosining birligi, so‘zi bilan xatti-harakati to‘g‘ri kelishini, atrofdagi insonlarga ochiq ko‘ngil va samimiy munosabatini ifodalovchi ma’naviy-axloqiy fazilat.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin