57. Sensualizm ta’limotining mohiyati nima? a) bilishda aqlning roli hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblovchi ta’limot;
b) bilishda sezgi a’zolarining hal qiluvchi ahamiyatini e’tirof etuvchi ta’limot.
c) dunyoni bilish mumkinligini inkor etuvchi ta’limot;
d) milliy va umuminsoniy manfaatlarning mushtarakligi hamda ularning ustuvorligini tan oluvchi ta’limot
58. Agnostitsizm nima? a) dunyoni bilishni inkor etuvchi ta’limot;
b) insonning kelib chiqishida tabiiy omilning hal qiluvchi ahamiyatini inkor etuvchi ta’limot;
c) insonning kelib chiqishida ijtimoiy omilning hal etuvchi ahamiyatini e’tirof etuvchi ta’limot;
d) dunyoni bilish mumkinligini e’tirof etuvchi ta’limot
59.Ratsionalizm ta’limotining tub mohiyati nima? a) bilishda aqlning roli hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblovchi ta’limot;
b) bilishda sezgi a’zolarini hal qiluvchi ahamiyatini e’tirof etuvchi ta’limot;
c) dunyoni bilish mumkin deb hisoblaydigan ta’limot;
d) umuminsoniy manfaatlarning ustuvorligini tan oluvchi ta’limot.
60.Empirizm ta’limotining mohiyati nima? a) Hissiy tajribani bilishning birdan bir manbai deb hisoblaydi
b) Aqlni bilishning birdan bir manbai deb hisoblaydi
c) Bilishda sezgilar va aqlning rolini mutlaqlashtirmaydi
d) Bilishda tajriba usullarini rad etadi
61. Aqliy bilish shakllarini belgilang a) tushuncha, hukm, hulosa
b) sezgi, idrok, tasavvur
c) hissiy bilish va aqliy bilish
d) muammo, gipoteza, nazariya
62. Intuitsiya nima? a) Voqelikning inson miyasida aks etishi
b) Hech qanday bilimlarga tayanmasdan turib g‘oyibdan bilish
c) Isbotga tayanmasdan turib birdaniga bilish qobiliyati
d) Inson miyasida ro‘y beruvchi reflektiv jarayon
63. Qaysi shakl xissiy bilish bosqichiga tegishli? a) idrok
b) iroda
c) intuitsiya
d) hukm