Fanni o‘qitishdan maqsad – Matematika fanini o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalar bo‘yicha talabalarni matematikaning zaruriy ma’lumotlari majmuasi (tushunchalar, tasdiqlar va ularning isboti, amaliy masalalarni yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirish hamda matematika yo'nalishlarining uzviy bog‘liqliklarini o'rganishdan iboratdir. Ayni paytda u talabalarni mantiqiy fikrlashga, to'g‘ri hulosa chiqarishga, matematik madaniyatini oshirishga hizmat qiladi.
Fanning vazifasi - talabalarga matematika fanini o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida qaralayotgan yechilishi murakkabroq matematik masalalarni, ularni yechish usullarini chuqurroq o‘rgatish, talabalarda matematik masalalar yechish bo‘yicha umumlashgan ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. PISA o‘quvchilar savodxonligini baholash xalqaro dasturi PISA o‘quvchilar savodxonligini baholash xalqaro dasturi. Matematik savodxodlik va uning darajalari. PISA o‘quvchilar savodxonligini baholash xalqaro dasturiga kirgan masalalar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
2-mavzu. TIMSS xalqaro tadqiqotlari. TIMSS xalqaro tadqiqotlari. TIMSS xalqaro tadqiqotlarining o‘ziga xos
xususiyatlari. TIMSS xalqaro tadqiqotlari tarkibiga kirgan matematik topshiriqlar va ularning turlari. TIMSS xalqaro tadqiqot o‘tkaziladigan mamlakatlar va uning o‘tkazilish tartiblari. TIMSS xalqaro tadqiqotdan olinadigan natijalar.
3-mavzu. STEAM ta’lim texnologiyalari. STEAM ta’lim texnologiyalarida matematika o‘qitishda noan’anaviy ta’lim texnologiyalari. STEAM ta’lim texnologiyalarida o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va qobiliyatlarini hisobga olish.
4-mavzu. Singapur matematika ta’limi. Singapur matematika ta’limi. Singapur matematika ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari. Singapurda matematika o‘qituvchisining mehnat faoliyati.
5-mavzu. Finlandiya matematika ta’limi Finlandiya matematika ta’limi. Finlandiya matematika ta’limida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish masalalari. Finlandiya maktablari moddiy texnik bazasi. Finlandiya matematika ta’limida muammoli ta’lim va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.